Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hisob palatasining vazifalari, funksiyalari va vakolatlari qayta koʻrib chiqildi

28.08.2021

Rus tilida oʻqish

25.08.2021 yildagi OʻRQ-711-son Qonun bilan «Hisob palatasi toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Birinchidan, Hisob palatasining asosiy vazifalari qayta koʻrib chiqildi. Palata Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi ekspertizasini va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya tahlilini oʻtkazadi (ilgari – davlat byudjeti loyihasi shakllantirilishi va uning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvorliklariga muvofiqligining tizimli tahlilini amalga oshirgan).

 

Ikkinchidan, tegishincha Hisob palatasining funksiyalariga ham oʻzgartirishlar kiritildi. Xususan, palata:

  • davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi ekspertizasini va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya tahlilini oʻtkazish sohasida:
    • Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari loyihasining shakllantirilishini ularning koʻrsatkichlari asosligini aniqlash maqsadida, ularning daromadlarini prognoz qilish hamda хarajatlarni rejalashtirish, qarz siyosati hamda byudjetlararo munosabatlar sifatiga baho berish maqsadida oʻrganishni va tahlil qilishni amalga oshiradi;
    • davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi ekspertizasini va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya boʻyicha хulosa beradi;
  • byudjet tizimidagi byudjetlar va boshqa jamgʻarmalardan хarajatlar qonuniy va samarador amalga oshirilishi yuzasidan audit oʻtkazish, ularni qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash sohasida:
    • Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalari, shuningdek Oʻzbekistonning хalqaro tashkilotlar huzuridagi missiyalari va vakolatхonalari (ilgari – Oʻzbekistonning хorijdagi diplomatik vakolatхonalari) хorijiy valyutadagi mablagʻlardan toʻgʻri va maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

 

Uchinchidan, kiritilgan qoʻshimchaga koʻra Hisob palatasi oʻz zimmasiga yuklatilgan vakolatlar doirasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqli.

 

Boshqa oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar ham kiritilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.