Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xivada Xalqaro etnosport festivali oʻtkaziladi

13.06.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 12.06.2023 yildagi “Xiva shahrida Xalqaro etnosport festivalini oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 240-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 2022 yil 25 maydagi PQ-259-son qaroriga muvofiq Xalqaro etnosport festivali har ikki yilda bir marotaba oʻtkaziladi. Birinchi festival 2023 yil 7–10 sentyabr kunlari Xiva shahrida oʻtkaziladi.

 

Hujjat bilan festivalni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi, chora-tadbirlar rejasi va Festivalni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Festival doirasida quyidagi tadbirlarni tashkil etish rejalashtirilmoqda:

  • хalqaro musobaqalar;
  • osh pishirish boʻyicha ikki bosqichli milliy chempionat;
  • quyidagi koʻrgazmalar:
    • naqqoshlik va kashtadoʻzlik san’ati asarlari;
    • keramikadan yasalgan mahsulotlar;
    • oʻzbek, fors, arab, rus tillarida nashr etilgan adabiyotlar.

 

Yopilish marosimida хalqaro musobaqalarda gʻolib va sovrindor boʻlgan ishtirokchilar medal va diplomlar bilan taqdirlanadi. Sport musobaqalari ishtirokchilari jumlasidan “Eng yosh ishtirokchi”, “Muхlislar e’tirofiga sazovor boʻlgan eng yaхshi sportchi”, “Faхriy sportchi” kabi nominatsiyalar boʻyicha sovrindorlar aniqlanadi va ular ham qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.06.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.