Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yetkazib beruvchi oldida qarz yoʻq, lekin inkasso qoʻyildi: kompaniya undiruvni toʻxtatishga qanday muvaffaq boʻldi Bojxona QQSini mamlakat ichkarisida ortiqcha toʻlov hisobiga kim kamaytira oladi Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin

Xizmatda boʻlmasangiz – mol-mulkni xatarga qoʻymang

05.05.2017


Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 apreldagi 234-son Qarori bilan Ichki ishlar organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Belgilanishicha, ichki ishlar organi xodimi yoki uning yaqin qarindoshlarining (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, bolalari, eri-xotini, shuningdek eri-xotinining ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni xodimning xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida yetkazilgan taqdirdagina qoplanadi.

 

Zararni qoplash masalasini oʻrganish boʻyicha ichki ishlar organlarida doimiy komissiyalar tuziladi.

 

Zararni qoplash masalasini hal qilish uchun ichki ishlar organining kadr xizmati 3 kun ichida komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • xodimning zararni qoplash haqidagi bildirgisi yoki yaqin qarindoshlarining arizasi;
  • zarar yetkazilgan holatlar boʻyicha tekshiruv xulosasi;
  • zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar.

 

Komissiya hujjatlarni 15 kun ichida koʻrib chiqadi.

 

Hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha zararni qoplash yoki buni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va 3 kun ichida manfaatdor shaxslarga yetkaziladi.

 

Zararning haqiqiy summasini aniqlash ichki ishlar organi tomonidan baholash tashkilotini jalb qilgan holda mol-mulkiga zarar yetkazilgan shaxsning ishtirokida amalga oshiriladi.

 

Hisob-kitoblar naqd yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin. Zarar natura shaklida teng mulkni berish, shikastlanganini ta’mirlash yoki boshqa koʻrinishlarda qoplanishi mumkin.

 

Yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha tegishli qaror qabul qilingandan soʻng ichki ishlar organlari tomonidan 10 kun ichida manfaatdor shaxslarga yetkazilgan zarar qoplab berilishi lozim.

 

Zararni qoplagan ichki ishlar organi aybdor yuridik yoki jismoniy shaxslardan ushbu summalarni undirish choralarini koʻradi.

 

Ichki ishlar organi moliya xizmati tomonidan zarar qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlar (toʻlov topshiriqnomasi, chiqim kassa orderlari, toʻlov vedomostlari, hisob-faktura va boshqalar) nusxalari 2 kun ichida ichki ishlar organining yuridik xizmatiga yuboriladi, yuridik xizmat tomonidan aybdor shaxslarga nisbatan 10 kun ichida da’vo kiritiladi.

 

Aybdor shaxslar mavjud boʻlganda ichki ishlar organining yuridik xizmati:

  • ayblanuvchilarga da’vo va qarshi da’volar kiritish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi;
  • sudlarda vakillikni ta’minlaydi;
  • undirishga qaratilgan, lekin undirilmay qolgan (aybdor shaxs vafot etganda, birinchi guruh nogironlik roʻyxatiga kiritilgan hollarda) mablagʻlarni hisobdan chiqarish uchun sud qarorlari yoki boshqa tegishli hujjatlarni moliya xizmatiga taqdim etadi.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 1 mayda kuchga kirdi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» axborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini 

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV 

tayyorladi.