Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

XMT konvensiyalarini amalga oshirish muvofiqlashtiriladi

05.06.2018

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018 yildagi 407-son qarori bilan Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish boʻyicha Respublika idoralararo komissiya tuzildi.

 



 

Tahririyatdan: Ushbu hujjat va 75 mingta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling.

 


 

 

Komissiya XMTning mamlakatimiz tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalari normalarini amalga oshirishni muvofiqlashtiradi,  ushbu mavzu boʻyicha Hukumatning ma’ruzalarini shakllantiradi, XMTning hujjatlarini oʻrganadi va ularni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish[1] yuzasidan takliflar tayyorlaydi. Shuningdek, vazifalari jumlasida – aholini ularning mehnat sohasidagi huquqlaridan hamda XMT va BMTning turli tuzilmalarini mamlakatimiz mehnat sohasida ishlarning holati toʻgʻrisida хabardor qilish. Xalqaro tashkilotlar (XMT, Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti va boshqalar) va XMTga a’zo mamlakatlar hukumatlari bilan mehnat va bandlik masalalari boʻyicha hamkorlik oʻrnatiladi.

 

Idoralararo komissiya – doimiy tarzda faoliyat olib boruvchi organ. Majlislar zaruratga qarab, biroq bir chorakda kamida 1 marta oʻtkaziladi. Qarorlar majlisda ishtirok etayotgan a’zolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.  Komissiyaning ishchi organi - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.

 

2018-2020 yillarda jumladan ilgari aytib oʻtilgan XMTning alohida konvensiyalarini implementatsiya qilishni nazarda tutuvchi tadbirlar majmui qabul qilindi. Majburiy mehnat va bolalar mehnati masalalari boʻyicha ratifikatsiya qilingan konvensiyalarning bajarilishiga alohida e’tibor berilgan. Shuningdek amaldorlarning Turindagi XMT oʻquv markazida malaka oshirishlari, “Mehnat huquqi” va “Xalqaro mehnat huquqi” darsliklarini, kichik biznes uchun mehnat muhofazasi va хavfsizligi sohasida qoʻllanmalar nashr etish, maqsadli seminarlar oʻtkazish va h.k. rejalashtirilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.06.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.  

 


[1] Implementatsiya хalqaro huquq normalarini ularni keyinchalik haqiqatda amalga oshirgan holda milliy qonunchilikka kiritish. 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_