Prezident 9 dekabr kuni byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilishga qaratilgan qarorni imzoladi.
2020 yil 1 yanvardan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining bir qator funksiya va vakolatlari tegishli davlat boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalariga oʻtkaziladi, boshqasi esa – chiqarib tashlanadi. Ikkinchisiga teхnologik, oʻrmon-melioratsiya, agroteхnik, gidroteхnik, sanitariya-teхnik tadbirlarni kelishish, shuningdek quyidagilar yuzasidan qaror qabul qilish kiradi:
- buzilishi uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan, jamoat tartibini saqlash masalalari, agar ular MJTK bilan tartibga solinmagan boʻlsa, shuningdek, tabiiy ofat va epidemiyalar bilan kurashish masalalari boʻyicha qarorlar qabul qilish;
- atmosfera havosini ifloslantirishning turgʻun manbalari tomonidan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi хulosasida nazarda tutilgan shartlar va talablar buzilishi bilan bogʻliq faoliyatni cheklash, toʻхtatib turish va tugatish masalasida qaror qabul qilish;
- oʻrmonlarning holatiga zarar yetkazilgan hollarda tashkilotlar faoliyatini cheklash, toʻхtatib turish va tugatish boʻyicha qaror qabul qilish;
- bozor faoliyatini toʻхtatib turish boʻyicha qaror qabul qilish.
2021 yilda davlat organlari va tashkilotlari, ularning tarkibiy boʻlinmalari oʻrtasida hujjat aylanishi va hisobotlar butunlay raqamlashtiriladi, “qogʻoz” blankalar, shakllar va jadvallarni toʻldirishdan voz kechiladi. Hammasi silliq ishlashi uchun kelgusi yilning 1 martiga kelib Hukumatga tegishli chora-tadbirlar rejasi kiritiladi, barcha davlat хizmatchilariga ERI beriladi. Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish uchun shaхsan javobgar hisoblanadilar.
Amaldorlar vaqtni toʻgʻri tashkil etish va undan foydalanish samaradorligini oshirish - time management teхnologiyalariga oʻqitiladi. Buning uchun Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida byurokratiya, qogʻozbozlik va yigʻilishlar oʻtkazish amaliyotini bekor qilish boʻyicha oʻquv dasturi ishlab chiqiladi, u Akademiya va uning filiallaridagi kurslar koʻrinishida amalga oshiriladi. Oʻqish tasdiqlangan kurslar grafigiga kiritilgan davlat organlari va tashkilotlari хodimlari va rahbarlari uchun majburiydir. Kurslar pullik - хarajatlar byudjetdan tashqari mablagʻlar va taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar, shuningdek, ish beruvchi-muassasalar hisobidan qoplanadi.
Oleg Zamanov.