Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xorazm viloyatida loyihalarni amalga oshirish uchun 100 mln AQSh dollari ajratiladi

04.03.2024

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.02.2024 yildagi PQ-89-sonli “Xorazm viloyatida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga asosan, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi «Biznesni rivojlantirish banki» ATBga besh yil muddatga 14 foiz stavkada 100 million AQSh dollari ekvivalentida kredit resurslarini ajratadi.

 

Prezidentning 15.11.2023 yildagi PQ-366 Qarorida belgilanganidek, davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlardan samarali foydalanish, ularning oʻz vaqtida qaytarilishini ta’minlash maqsadida 2024 yil 1 iyuldan boshlab kredit ajratishning barcha bosqichlari (arizani koʻrib chiqish, qaror qabul qilish, kafillik berish va kredit ajratish) raqamlashtirilgan holda elektron platformalarda amalga oshiriladi.

 

Uzoq muddatli kreditlar tadbirkorlarga quyidagi maqsadlar uchun ajratiladi:

● Xorazm viloyatida har bir mahallaning sanoat, хizmatlar, savdo va umumiy ovqatlanish, turizm, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, hunarmandchilik, kasanachilik, zargarlik, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash hamda qayta ishlash yoʻnalishlaridagi iхtisoslashuvidan kelib chiqib, kamida 10 ta loyihalarni amalga oshirish uchun;

● Xiva va Urganch shaharlari, Hazorasp, Xiva, Shovot, Bogʻot va Urganch tumanlarida zamonaviy savdo markazlari va bozorlar hamda ularga tutash hududlarda ishlab chiqarish binolari (angar va seхlar)ni qurish, turistik va gastronomik koʻchalarni rivojlantirish maqsadida tadbirkorlarga uzoq muddatli kredit, ijara va lizingga berish uchun.

 

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Xorazm viloyatidagi   amalga oshiriladigan loyihalar dasturini ishlab chiqish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.02.2024 yildan kuchga kirdi.  

 

Lola Abduazimova