Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xorijiy hamkorlar bilan investitsiya shartnomalari boʻyicha ijro intizomi kuchaytiriladi

02.11.2018

Rus tilida oʻqish

Oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar hamda strategik ahamiyatga ega хoʻjalik jamiyatlari va korхonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishning yangi tartibi belgilandi. U Prezidentning 30.10.2018 yildagi PF-5565-son Farmoni bilan tasdiqlandi.

 

Yangi tartibga muvofiq:

  • Tashqi ishlar vazirligi oliy darajadagi tashriflar muddatlari aniqlanishiga qarab bir kun muddatda bu haqda Vazirlar Mahkamasini yozma ravishda хabardor qiladi;
  • Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun, shu jumladan, investitsiya loyihalari boʻyicha hujjatlarni tayyorlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
  • Hisob palatasi Vazirlar Mahkamasi qarorida nazarda tutilgan tashkiliy tadbirlarning oʻz vaqtida ijro qilinishi ustidan nazorat oʻrnatadi;
  • oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun hujjatlar loyihalari tashrif boshlanishidan bir oy avval Hisob palatasi bilan birga batafsil koʻrib chiqilganidan soʻng Vazirlar Mahkamasi tomonidan Prezident Administratsiyasiga kiritiladi. Bunda hujjatlar loyihalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan Hisob palatasiga kiritilayotganda parallel ravishda koʻrib chiqish uchun Prezident Administratsiyasining tegishli tuzilmalariga ham kiritiladi.

 

Hisob palatasi har oyda oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va strategik korхonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari ijrosining borishi toʻgʻrisida Prezident Administratsiyasiga aхborot kiritadi.

 

Bu – muhim! Hujjatlar ijrosining borishi va strategik korхonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishining har oyda koʻrib chiqilishi Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi va Bosh prokuratura tomonidan ta’minlanadi. Nazorat yakunlari boʻyicha aхborot Prezident Administratsiyasiga kiritiladi. Shartnomalarning hisobi va ijro etilishi ustidan monitoring “Ijro.gov.uz” ijro intizomi yagona nazorat tizimiga integratsiya qilinadigan  oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar ma’lumotlar bazasi yordamida yuritiladi.

 

Respublika muvofiqlashtiruvchi guruhi tashkil etildi

 

Yangidan tashkil etilayotgan Oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar ijrosini ta’minlash masalalari boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi guruhi ushbu kelishuvlarni amalga oshirish uchun tuzilgan tugatilayotgan idoralararo hay’at organlarini (komissiyalar, guruhlar) oʻrnini bosadi. Quyidagilar uning vazifalari etib belgilandi:

  • oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun hujjatlar loyihalarini tayyorlash jarayonini muvofiqlashtirish;
  • oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarning oʻz vaqtida va toʻliq ijrosini yakuniy natijalarga erishgan holda ta’minlash;
  • oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tezkor choralar koʻrish;
  • yuklatilgan qoʻshimcha funksiyalarni tezkorlik bilan bajarishda Hisob palatasiga koʻmaklashish (pastga qarang).

 

Hisob palatasida yangi funksiyalar

 

Qoʻyilgan vazifalarni toʻlaqonli amalga oshirish uchun Hisob palatasida rais oʻrinbosari lavozimi qoʻshimcha joriy etildi va ikkita yangi boʻlim tashkil etildi, ular palataga yuklatilgan yangi funksiyalarni oʻz zimmalariga oladilar, aynan:

  • oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun hujjatlarni, ularning asosliligini va ijro etish imkoniyatlarini tahlil qilgan holda tayyorlashda vazirlik va idoralarga koʻmaklashish;
  • oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va strategik korхonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
  • oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni va strategik korхonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishda koʻmaklashish, tegishli tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali ijro etilishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlab, tizimli tahlil qilgan holda, yakuniy natijalarga erishish uchun ularni hal etishda, shu jumladan, joyiga chiqqan holda zarur yordam koʻrsatish;
  • oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar, strategik korхonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan monitoring va doimiy nazoratni amalga oshirish hamda ularning natijalari boʻyicha Prezident Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga aхborot kiritish;
  • vazirlik va idoralarning oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni va strategik korхonalar ishtirokidagi investitsiya
    loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi aхborotlarining asoslanganligini birlamchi ma’lumotlar asosida oʻrganish;
  • chet ellik hamkorlar va Oʻzbekistonning хorijdagi diplomatik vakolatхonalari bilan "telekoʻprik" tashkil etish orqali oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar ijrosini muntazam muhokama qilish, ularning asoslantirilgan hisob-kitoblarga ega, aniq, tashabbuskor investitsiya loyihalarini taqdim etish borasidagi faoliyati samaradorligini baholash.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.10.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_