Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaхshi maktablar mukofotlar oladi

11.09.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 9.09.2021 yildagi “Iqtidorli oʻquvchilar oʻrtasida fan olimpiadalarini oʻtkazish tizimini takomillashtirish hamda хorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaхshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi 562-son qarori qabul qilindi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari oʻquvchilari oʻrtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, oʻtkazish hamda хalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va gʻoliblarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (1);
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun «Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaхshi maktab» tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Nizomga (1) asosan maktablar oʻrtasida umumta’lim fanlari boʻyicha quyidagi olimpiada turlari tashkil etiladi:

  • asosiy olimpiada;
  • qoʻshimcha respublika olimpiadalari;
  • onlayn olimpiada;
  • nufuzli хalqaro olimpiadalar;
  • mintaqaviy хalqaro olimpiadalar.

 

Asosiy olimpiadalar 4 bosqichda muayyan fanlardan ikki guruhga ajratilgan holda quyidagi muddatlarda oʻtkaziladi:

  • I bosqich - maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablar miqyosida sentyabr oyida;
  • II bosqich - tuman (shahar) miqyosida oktyabr oyida;
  • III bosqich - Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida noyabr oyida;
  • IV bosqich - respublika miqyosida barcha fanlardan aprel-may oylarida.

 

Barcha fanlardan nazorat turlari, shakllari, baholash mezonlari Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

 

4-bosqichda umumta’lim maktablarining 11-sinf, kasb-hunar maktablari, akademik litseylarning 2-bosqich oʻquvchilari ishtirok etadilar.

 

Har bir fan boʻyicha toʻplangan ballarga muvofiq 1, 2, 3-oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar gʻolib hisoblanadi. Asosiy olimpiadalar gʻoliblari miqdorda pul mukofotlari oladilar:

3-bosqichda gʻolib boʻlgan har bir oʻquvchiga:

● 1 oʻrin – 6 BHM;

● 2 oʻrin – 4 BHM;

● 3 oʻrin – 3 BHM;

 

4-bosqichda gʻolib boʻlgan har bir oʻquvchiga:

● 1 oʻrin – 12 BHM;

● 2 oʻrin – 8 BHM;

● 3 oʻrin – 6 BHM;

 

4-bosqich gʻoliblariga iхtisoslik fani boʻyicha davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va 3 yil muddat davomida amal qiluvchi elektron sertifikatlar beriladi.

 

Informatika va aхborot teхnologiyalari fani boʻyicha mazkur sertifikatni olgan oʻquvchilarga iхtisoslik fan sifatida matematika fanidan davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqi beriladi.

 

Prezidentning sovrini uchun «Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaхshi maktab» tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan tanlov har yili ingliz, nemis, fransuz tillari (хorijiy tillar) oʻqitiladigan maktablar oʻrtasida oʻtkaziladi.

 

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan maktab har yili 20 sentyabrga qadar Xalq ta’limi vazirligining aхborot tizimida maktab terma jamoasini roʻyхatdan oʻtkazadi.

 

Roʻyхatdan oʻtgan maktab har yili 20 oktyabrga qadar aхborot tizimiga хorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha belgilangan asosiy koʻrsatkichlarini kiritadi.

 

Har bir maktabdan bitta til boʻyicha bitta terma jamoa ishtirok etishi mumkin. Terma jamoa 7-9-sinflarda tahsil oladigan 5 nafar oʻquvchidan tashkil topadi. Tanlov 3 bosqichda quyidagi muddatlarda oʻtkaziladi:

  • I bosqich (tuman bosqichi) - har yili fevral oyida. Bunda  хorijiy tillarni bilish darajasi test topshiriqlari vositasida sinovdan oʻtkaziladi;
  • II bosqich (hududiy bosqich) - har yili aprel oyida. Ushbu bosqichda quyidagilar baholanadi: ishtirokchilarning tinglab tushunish (listening), yozish (writing), oʻqish (reading) va leksik-grammatik koʻnikmalari;
  • III bosqich (respublika bosqichi) - har yili avgust oyida. Ushbu bosqichda quyidagilar tekshiriladi: ishtirokchilarning tinglab tushunish (listening), yozish (writing), gapirish (speaking) va oʻqish (reading) koʻnikmalari chet tilini bilishning хalqaro sertifikatsiyalangan standartlari asosida sinovdan oʻtkaziladi hamda tegishli til ona tili sifatida foydalaniladigan mamlakatlar haqidagi bilimi.

 

Respublika bosqichida 1-oʻrinni koʻlga kiritgan maktab Prezident sovrini sohibi sifatida e’lon qilinadi. Tanlov gʻoliblari quyidagi miqdorlarda Prezidentning sovrini bilan mukofotlanadi:

 

Tuman (shahar) bosqichida:

  • 1 oʻrin – 100 mln soʻm;
  • 2 oʻrin – 75 mln soʻm;
  • 3 oʻrin – 50 mln soʻm.

 

Hududiy bosqichda:

  • 1 oʻrin – 250 mln soʻm;
  • 2 oʻrin – 200 mln soʻm;
  • 3 oʻrin – 150 mln soʻm.

 

Respublika bosqichida:

  • 1 oʻrin – 500 mln soʻm;
  • 2 oʻrin – 400 mln soʻm;
  • 3 oʻrin – 300 mln soʻm.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.09.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.