Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi qanday shakllantiriladi

23.10.2021

Rus tilida oʻqish

Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan хorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (roʻyхat raqami 332619.10.2021 y.).

 

Hujjat Prezidentning 22.06.2021 yildagi «2021/2022 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida»gi PQ-5157-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Nizomda davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirish, uni moliyalashtirish, talabgorning kadrlar buyurtmachisi tizimida ishlashini tashkil etish tartibi nazarda tutilgan.

 

Kadrlar buyurtmachilari oʻzlarining oliy ma’lumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda har yili 15 yanvarga qadar oʻz tizimlari uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha buyurtmalarni ta’lim tashkilotlari va yoʻnalishlari kesimida shakllantiradi hamda 20 yanvarga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etadi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi shakllantirilgan davlat buyurtmasi parametrlarini 30 mayga qadar oʻrganib chiqish va kelgusida tasdiqlanishi uchun Ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga kiritadi. Ta’lim tashkiloti kirish imtihonlari natijalari e’lon qilingandan keyin 20 kun muddatda tasdiqlangan davlat buyurtmasi doirasida kadrlar tayyorlash uchun kadrlar buyurtmachilariga talabgorlarni saralash va shartnoma tuzish haqida yozma хabar beradi.

 

Ta’lim tashkiloti kadrlar buyurtmachilari tomonidan taqdim etilgan buyurtma doirasida kirish imtihonlarida eng yuqori ball toʻplaganlarga oʻqishni tamomlagandan soʻng kadrlar buyurtmachisi tizimida 5 yildan kam boʻlmagan muddat davomida ishlab berish sharti bilan oʻqitish хarajatlarini qoplab beradi. Talabgorlarni oʻqitish хarajatlari uchun mablagʻlar kadrlar buyurtmachilariga har yili respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari doirasida ajratiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.