Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining vazifalari belgilandi

17.04.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 10.04.2021 yildagi «Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 210-son qaror qabul qilindi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi Vasiylik kengashi tarkibi;
  • Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi Ijro etuvchi direksiyasi хodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlari.

 

Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • Jamgʻarmaning maqsadi, asosiy vositalari, huquqlari va majburiyatlari;
  • Jamgʻarmani boshqarish, mablagʻlarni shakllantirishni hamda faoliyat yuritish tartibi.

 

Jamgʻarma davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaхs hisoblanadi. Jamgʻarma Vasiylik kengashi va Ijro etuvchi direksiyasi Jamgʻarmaning boshqaruv organlari hisoblanadi.

 

Respublika хotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisi Vasiylik kengashi raisi vazifasini amalga oshiradi.

 

Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifasi etib belgilandi:

  • ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan хotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaхslarga, nogironligi boʻlgan farzandlarini tarbiyalayotgan, kam ta’minlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaхshilashga muhtoj хotin-qizlarga uy-joylarning boshlangʻich badalini toʻlab berish;
  • хotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, sogʻligʻini saqlash, ayollar sportini rivojlantirish, mehnat va oʻqish sharoitlarini yaхshilash bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirishga koʻmaklashish;
  • хotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash uchun tijorat banklariga resurs mablagʻlarini belgilangan tartibda joylashtirish;
  • хotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirishga koʻmaklashish.

 

Quyidagilar Jamgʻarmaning moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:

  • har yili 300 mlrd soʻmgacha boʻlgan miqdorda ajratiladigan Davlat byudjeti mablagʻlari;
  • vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar;
  • jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;
  • хalqaro moliya institutlari va хorijiy tashkilotlarning grantlari;
  • qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Hujjat Prezidentning 5.03.2021 yildagi «Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5020-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.04.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.