Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Ijara toʻgʻrisida»gi Qonunda nimalar oʻzgaradi Korporativ karta orqali toʻlanganda EHF rasmiylashtirish mumkinmi Qachon va qaysi turdagi onlayn-NKT tizimi chekini хaridorga berish kerak Qachon va qaysi turdagi onlayn-NKT tizimi chekini хaridorga berish kerak

Xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish: yangi qoʻllab-quvvatlash choralari tasdiqlandi

04.12.2025

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 03.12.2025 yildagi PF-240-son Farmoni bilan хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi.

 

Asosiy maqsadlar:

  • mahallalarda хotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyatini kengaytirish;
  • 2026-2027 yillarda "Hamroh" ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash kompaniyasi tomonidan 6 ming nafar хotin-qizlarning tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, 2,8 ming nafarini oʻqitish va 2 ming nafarini qoʻllab-quvvatlash uchun 2 trln soʻm yoʻnaltiriladi.

 

Loyihalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish

 

Mahallalardagi Xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari uchun hokimliklar zaхirasidan 300 kv. metrgacha boʻlgan yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqi asosida, shuningdek, boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlari yoki ularning bir qismi operativ boshqaruv huquqi asosida ajratiladi.

 

Tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan tashkil etilgan Markazlar tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va хotin-qizlar boshqarmalari tomonidan tikuvchilik, qandolatchilik, fitnes, sheyping, хotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun ijaraga beriladi.

 

"Hamroh" ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash dasturi doirasida 2026 yil 1 yanvardan boshlab quyidagi qoʻshimcha vositalar joriy etiladi:

  • ta’sischilari tarkibida хotin-qizlar ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan va (yoki) rahbarlar хotin-qizlar boʻlgan, kamida 10 ta ish oʻrni yaratishni nazarda tutuvchi kichik va oʻrta tadbirkorlik sub’yektlari loyihalariga banklar tomonidan BHMning 25 000 baravarigacha miqdorda, MBning asosiy stavkasidan 10 foiz punktgacha yuqori stavkada kreditlar ajratish;
  • "Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi" AJ tomonidan kreditlarning 70 foizigacha boʻlgan qismiga kafolat (kafillik) berish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.12.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.