Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xotin-qizlarning tadbirkorligi uchun – 100 mln AQSh dollari miqdorda imtiyozli kredit

18.03.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 07.03.2024 yildagi PQ-122-sonli “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori imzolandi. 

 

Xotin-qizlarni kasbga oʻqitish va bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga yillik 14% stavkada jami 100 mln AQSh dollari ekvivalentida kredit resurslari ajratiladi, bunda:

  • "Xalq banki"ga 35 mln AQSh dollari;
  • "Biznesni rivojlantirish banki"ga 35 mln AQSh dollari;
  • "Mikrokreditbank"ga 30 mln AQSh dollari ajratiladi.

 

Savdo-sanoat palatasi va uchta bankda quyidagilarni nazarda tutuvchi хotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab- quvvatlash tizimi yaratiladi:

  • tashabbuskor хotin-qizlarning biznes loyihalarini ishlab chiqishga koʻmaklashish;
  • mahallalarda хotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish;
  • хotin-qizlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni sotish;
  • kooperatsiya asosida loyihalarni amalga oshirishga koʻmaklashish;
  • loyihalar amalga oshirilishini kuzatib borish va ayol tadbirkorlar bilan doimiy muloqot qilish.

 

Shuningdek, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shugʻullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash Dasturi ishlab chiqiladi.

 

Kredit ajratishda ustuvorlik "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimiga, "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" va "Temir daftar"ga kiritilgan хotin-qizlar tomonidan amalga oshirish taklif etilayotgan loyihalarga beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.03.2024 yildan kuchga kirdi.

 

 Sobir Nurberdiyev