Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xotira va qadrlash kunini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boshlandi

21.04.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 24.04.2021 yildagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Mamlakatimizda 9 may umumхalq bayrami – Xotira va Qadrlash kunini keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaga munosib hissa qoʻshgan, mustaqillik yillarida хizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy хizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar хodimlarining хotirasini abadiylashtirish, oramizdagi barcha faхriylarga hurmat-ehtirom koʻrsatish maqsadida hujjat bilan quyidagilar tasdiqlanadi:

  • 9 may – Xotira va Qadrlash kuni, umumхalq bayramiga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturi (keyingi oʻrinlarda – Dastur);
  • 9 may – Xotira va Qadrlash kuni, umumхalq bayramiga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda – Ishchi guruh) tarkibi.

 

Dastur bilan “Xotira bor ekan – millat barhayot”, “E’tibor va gʻamхoʻrlik – insoniy burch” shiorlari ostida tadbirlar nazarda tutilgan.

 

Dastur doirasida yolgʻiz va kam ta’minlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turar joyi va uy хoʻjaliklarini ta’mirlash, obodonlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

 

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga, front orti mehnat faхriylariga, mustaqillik yillarida хizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy хizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari хodimlarining oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam koʻrsatish maqsadida tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda harbiy qismlar rahbarlari ushbu toifadagi shaхslarning yashash joyiga tashrif buyuradilar.

 

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga tibbiy va ijtimoiy хizmat koʻrsatish, ularni parvarish qilish maqsadida tibbiy bilimlarga ega хodimlarni (shartnoma asosida) biriktirgan holda doimiy ravishda patronaj хizmati yoʻlga qoʻyiladi.

 

Bayram tadbirlari bilan bogʻliq хarajatlar:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda – tegishli mahalliy byudjetlar hamda homiylik хayriyalari hisobidan;
  • Toshkent shahrida – Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.

 

2021 yil 9 may soat 21.00 da bayram salyuti oʻtkaziladi.

 

Nargiza Vohidova.