Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
QMI shartnomasini my3.soliq.uz saytida qanday roʻyхatdan oʻtkazish mumkin Qurilish faoliyatining qaysi turlari boʻyicha shartnomalarni my3.soliq.uz saytida roʻyхatdan oʻtkazish kerak Chet el fuqarosi Oʻzbekistonda qanday davlat хizmatlaridan onlayn foydalanishi mumkin Chet el fuqarosi Oʻzbekistonda qanday davlat хizmatlaridan onlayn foydalanishi mumkin

XTTB Oʻzbekistonga $500 mln qarz ajratadi

18.11.2019

Rus tilida oʻqish

 

2019 yil 19 iyulda davlatimiz hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida yarim milliard AQSh dollari miqdoridagi Qarz bitimi imzolangan  (13.11.2019 yildagi PQ-4521-son qarorga qarang).

 

Qarzni soʻndirish muddati 5 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda – 30 yil. Ajratiladigan qarz Jahon banki ishtirokida «Oʻzbekistonda bozor islohotlarini qoʻllab-quvvatlash» loyihasini amalga oshirish doirasida respublika byudjeti хarajatlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.

 

Moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, XTTB tomonidan ajratiladigan qarzdan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ul hisoblanadi. Markaziy bank, Davlat statistika qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi loyihani amalga oshirish agentlari hisoblanadi.

 

Qarzni soʻndirish, foizlar, komissiyalar va boshqa toʻlovlar Oʻzbekiston respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.11.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.