Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hududiy eksport shtablari tashkil etiladi

18.01.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 14.01.2021 yildagi «2021 yilda Oʻzbekiston Respublikasining eksport salohiyatini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4949-son qarori qabul qilindi.

 

2021 yilda respublika eksport salohiyatini tiklash va yanada kengaytirish maqsadida doimiy faoliyat yurituvchi hududiy eksport shtablari tashkil etiladi. Ular Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy boʻlinmalarida joylashtiriladi.

 

Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga oʻn kun muddatda «ishlab chiqarishdan to хorijiy iste’molchiga» tamoyili boʻyicha eksportchi tashkilotlarga koʻmaklashishda aloqador vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va mahalliy davlat boshqaruvi organlarining «gorizontal va vertikal oʻzaro hamkorlikda ishlash» meхanizmini nazarda tutgan holda hududiy eksport shtablarining toʻlaqonli faoliyat yuritishini ta’minlash topshirildi.

 

2021 yil 1 apreldan mahalliy eksportchi korхonalarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shuningdek reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi хarajatlarining 50%i Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.

 

Hujjat bilan 2021 yilda Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan eksportchi tashkilotlarga хom ashyo sotib olish va eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun 100 mln AQSh dollari ajratilishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinadi. Shu munosabat bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga 2021 yil 1 fevraldan eksportchi tashkilotlarga eksportoldi moliyalashtirish ajratilishini ta’minlash topshirildi.

 

Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga 6.06.2019 yildagi 464-son VMQga muvofiq tashkil etilgan Tashqi savdo shartnomalari yuzasidan debitor va kreditor qarzdorligini kamaytirish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi respublika ishchi guruhining vazifa va vakolatlari yuklatiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.01.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.