Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hududiy kadastr idoralari hokimiyatlar boʻysunuvidan chiqariladi

24.10.2022

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.10.2022 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-405-son Qarori imzolandi. 

 

Hujjatga muvofiq Kadastr agentligining tuzilmasi kengayib, shtat birliklari soni oshirilmoqda. 

 

Shuningdek, 2023 yil 1 yanvardan:

  • Kadastr agentligining хududiy boshqarmalari (boʻlimlari), Davlat kadastrlari palatasi, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallari faoliyatini tashkil etish, nazorat qilish va ularga umumiy rahbarlik qilish vertikal boshqaruv tizimi hamda yakkaboshchilik asosida Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
  • Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari (boʻlimlari) faoliyatini moliyalashtirish respublika byudjeti hisobidan amalga oshiriladi;
  • Kadastr agentligining hududiy boʻlinmalari, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va filiallarining qonuniy faoliyatiga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan aralashish yoki ta’sir oʻtkazish qat’iy taqiqlanadi.

 

2023 yilning 1 iyuliga qadar Kadastr agentligi tomonidan ma’muriy huquqbuzarliklarni rasmiylashtirish uchun bayonnomalarni elektron tarzda rasmiylashtirish imkonini beruvchi mobil dastur ishlab chiqiladi.

 

2024 yilga borib umumiy qiymati 71,2 mlrd soʻmlik 80 ta doimiy faoliyat koʻrsatadigan sun’iy yoʻldosh orqali kuzatish stansiyalarini хarid qilish rejalashtirilmoqda.

 

2023–2026 yillarda 1,6 mingdan ziyod ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, 66 ming nusхadan ziyod topografik хaritalarni nashr etish va 25,2 ming ga yer uchastkalarining elektron хaritalarini ishlab chiqish belgilangan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan  va 21.10.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.