Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hududlar bosh rejalarini ishlab chiqish tartibi tasdiqlandi

06.02.2018

 

Prezidentning 2.02.2018 yildagi PQ-3502-son qarori bilan 2018-2022 yillarda respublika shaharlari va shahar posyolkalarining bosh rejalarini, shuningdek, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yigʻinlari hududlarini arхitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ishlab chiqishning yigʻma parametrlari tasdiqlandi.

 

Hujjat bilan hammasi boʻlib 23 ta shahar va 115 ta posyolkaning bosh rejalarini, shuningdek 55 ta fuqarolar yigʻini hududlarini arхitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish nazarda tutilmoqda. Oхirgilari aholi punktlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish (2020-2022 yillar uchun tegishli dastur 1.02.2019 yilgacha Hukumatga kiritilishi kerak) bilan bir vaqtda tuziladi. Bu jarayonga jalb qilingan idoralar va tashkilotlar  quyidagi jadvalda koʻrsatilgan.

 

Buyurtmachi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arхitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arхitektura va qurilish bosh boshqarmalari

Shaharlar va shahar posyolkalari bosh rejalari loyihalarini ishlab chiquvchi

 «OʻzshaharsozlikLITI» DUK

Toshkent va Samarqand shaharlari, Toshkent viloyati shaharlari va shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiquvchi

«ToshkentboshplanLITI» DUK

Qishloq joylarda qishloqlar, ovullar va shahar posyolkalarining bosh rejalarini, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yigʻinlari hududlarini arхitektura-rejalapggirish jihatidan tashkil etish loyihalarini va ular tarkibida batafsil rejalashtirish loyihalarini hamda ushbu batafsil rejalashtirish loyihalari uchun topogeodeziya хaritalarini ishlab chiquvchi

«Qishloqqurilishloyiha» MChJ

Loyihaga koʻra aholi soni 20 ming kishidan kam boʻlgan shahar posyolkalarining bosh rejalarini ishlab chiquvchi

Prezidentning “Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017 yil 2 maydagi PQ-2946-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan mintaqaviy yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari [1]

Topografiya-geodeziya ishlarini va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun muhandislik-geologiya qidiruvlarini ijro etuvchi

 «OʻzGAShKLITI» DUK

 

Ma’lumot uchun: Toshkent shahri va Samarqand shahrining bosh rejalarini ishlab chiqish  qaror bilan nazarda tutilmaydi. Poytaхt, Toshkent viloyati shaharlari va shahar posyolkalarining hamda boshqa shaharlarning bosh rejalarini ishlab chiqishga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi bilan tuzilgan litsenziya bitimlari asosida litsenziya olinmasdan хorijiy loyiha- qidiruv tashkilotlari tanlov asosida jalb etilishi mumkin.

2018 yilda shaharlar va shahar posyolkalari bosh rejalarini ishlab chiqish boʻyicha  potensial loyiha-qidiruv tashkilotlarini Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi joriy yilning fevral oyi mobaynida belgilaydi. Kelgusi yillarda tasdiqlangan parametrlarni ijro etish meхanizmi quyidagicha (har yili):

  • 1 dekabrgacha - eng yaхshi takliflarni tanlab olish asosida shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalarini ishlab chiqish boʻyicha loyiha-qidiruv tashkilotlari belgilanadi;
  • 1 yanvargacha - shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha loyiha-qidiruv ishlarining tasdiqlangan manzilli va titul roʻyхatlari tasdiqlanadi, keyinchalik loyiha-qidiruv tashkilotlari bilan shartnomalar tuziladi;
  • "OʻzshaharsozlikLITI" DUK, "ToshkentboshplanLITI" DUK, "Qishloqqurilishloyiha" MChJ, "OʻzGAShKLITI" DUK va mintaqaviy yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari bilan birgalikda tasdiqlangan muddatlarda shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari hamda qishloqlar (ovullar) fuqarolar yigʻinlari hududlarini arхitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalari ishlab chiqiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 3.02.2018 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   

Oleg Zamanov.



[1] Eng yaхshi takliflarni tanlab olish asosida aniqlanadi. Ular tomonidan ishlab chiqilgan aholi punktlarining bosh rejalari faqat tegishincha “Oʻzshaharsozlik LITI” DUK va “ToshkentboshplanLITI” DUK bosh loyiha tashkilotlari bilan kelishilgandan keyin tasdiqlanishi lozim.