Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hududlar va iqtisodiyotning rivojlanishi – davlat dasturlari boʻyicha

22.12.2017

 

Prezidentning 18.12.2017 yildagi  «Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Uning matni OʻzAda joylashtirilgan.


Hujjat bilan loyihalar, shu jumladan, Prezident tomonidan tasdiqlanadigan mamlakatni rivojlantirish davlat dasturlari asosida markazlashtirilgan manbalar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan hududlarni va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish tartibi joriy etilmoqda.

 
Rivojlantirish davlat dasturiga kiritilgan loyihalar faqat Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtiriladi. Uning ijro etuvchi organi va mablagʻlarining tasarruf etuvchisi ijro etuvchi direksiyasi hisoblanadi, Bosh vazirining oʻrinbosari – Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbari esa ijro etuvchi direktor hisoblanadi.

 

Jamgʻarma quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:

  • Davlat byudjeti va davlat byudjetdan tashqari jamgʻarmalarning rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun moʻljallangan mablagʻlari;
  • Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining rivojlanish davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlari;
  • Hukumat kafolati bilan jalb etiladigan chet el kreditlari;
  • Hukumat qarorlari bilan belgilanadigan boshqa manbalar.  

 

Joriy etilayotgan tartib quyidagilarni nazarda tutadi:

1. Rivojlanish davlat dasturlari tegishli rivojlanish konsepsiyasini hisobga olgan holda tasdiqlanadigan, uzoq muddatli istiqbolda (10-15 yilda) tarmoq, hududiy va maqsadli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha kompleks koʻrinishni va strategik vazifalarni jamlagan tarmoq, hududiy va maqsadli loyihalar portfeli asosida shakllantiriladi;

 

2. Rivojlanish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori boshchiligida amalga oshiriladi;

 

3. Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun moʻljallangan nomarkazlashtirilgan investitsiyalar Jamgʻarmada hisobga olinadi;

 

4. Rivojlanish davlat dasturlarini tasdiqlash Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining ular boʻyicha ijobiy хulosasi boʻlgan hollardagina amalga oshiriladi;

 

5. Markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni rivojlanish davlat dasturlariga kiritish Jamgʻarma Kuzatuv kengashining ijobiy qarori boʻlgan hollardagina amalga oshiriladi;

 

6. Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklarining kreditlari loyihalarning loyiha-smeta hujjatlari va biznes-rejalari puхta va har tomonlama oʻrganilgandan soʻng, shuningdek, tijorat banki kredit qoʻmitasining ijobiy qarori mavjud boʻlgan hollarda taqdim etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom oʻz kuchini yoʻqotdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin vaqtda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.    




Oleg Zamanov,

ekspertimiz.