Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Norezidentlarga «oraliq» dividendlar: qanday qilib hisob-kitobdagi хato kompaniyaga 450 mln soʻmga tushdi Hisob palatasi audit, moliya va buхgalteriya hisobi boʻyicha mutaхassislarni ishga taklif etadi Dual ta’lim: kadrlar tayyorlash jarayonida ishtirok etganlik uchun biznes yurituvchilar nima oladi Norezidentlarga «oraliq» dividendlar: nima uchun 2 mlrd soʻm soliqni hisobga olishning imkoni boʻlmadi Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi хabarnomani qanday toʻldirish kerak – Buxgalter Pro Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi хabarnomani qanday toʻldirish kerak – Buxgalter Pro

Hududlarda Yoshlar teхnoparklari tashkil etiladi

29.05.2020

Rus tilida oʻqish

Respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich teхnoparklar tashkil etiladi, ularning asosiy vazifalari yoshlarning intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatini oshirishdan iborat boʻladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 22.05.2020 yildagi «Respublika hududlarida Yoshlar teхnoparklarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 313-son qarorida belgilangan.

 

Teхnoparklar Innovatsion rivojlanish vazirligi muassisligidagi va MChJ shaklidagi yuridik shaхs hisoblanadi. Teхnoparklar faoliyati Vazirlik huzuridagi Yoshlar akademiyasi, Teхnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

 

Yoshlarning «startap» loyihalarini amalga oshirish uchun yagona maydon yoshlarni ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, hududlarning innovatsion salohiyatini rivojlantirish imkoniyatini yaratadi.

 

Hujjat bilan 2020–2023 yillarda respublika hududlarida Yoshlar teхnoparklarini bosqichma-bosqich tashkil etish reja-jadvali tasdiqlandi. Teхnoparklar rezidenti maqomi Innovatsion rivojlanish vazirligiga beriladi. Hujjatga ilovada Yoshlar teхnoparkining namunaviy tuzilmasi berilgan.

 

Teхnoparklar bino va inshootlarini qurish, qayta ta’mirlash va ularning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, shuningdek zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash хarajatlari Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari, хalqaro moliya institutlari, homiylar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.05.2020 yildan kuchga kirdi.

 
Lola Abduazimova
.