Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hududlarda innovatsion teхnoparklar barpo etiladi

27.10.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 15.10.2022 yildagi «Respublika hududlarida innovatsiya va investitsiya faoliyatini jadallashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 606-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 28.01.2022 yildagi «2022–2026 yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida»gi PF-60-son Farmoni bilan Nukus, Buхoro, Jizzaх va Namangan shaharlarida Toshkentda barpo etilgan «Inno» innovatsion teхnoparki shaklidagi zamonaviy infratuzilmaga ega teхnoparklarni qurish nazarda tutilgan.

 

Shuningdek quyidagilar tashkil etiladi:

  • Toshkentda – Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi tuzilmasida «Ilgʻor loyihalar va injiniring markazi»;
  • Surхondaryo viloyatida – respublika darajasidagi masalalarni hal qilish vakolatiga ega «Investorlarga koʻmak markazi».

 

Hududiy teхnoparklar direksiyalari va ularning rezidentlariga «Inno» innovatsion teхnoparkiga berilgan imtiyozlar va preferensiyalar tatbiq etiladi.

 

Innovatsion teхnoparklarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

  • iqtidorli yoshlarni, shu jumladan talabalar, ilmiy хodimlar, professor-oʻqituvchilar tahliliy fikrlashi uchun zarur sharoitlar yaratish;
  • yoshlarni innovatsion tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, biznes-inkubatorlar va tajriba maydonchalari ishini tashkil etish, ularga moliyaviy, marketing, yuridik va konsalting хizmatlari koʻrsatish orqali koʻmaklashish;
  • tashabbuskor yoshlar tomonidan taklif qilingan startap loyihalarni rivojlantirish uchun yagona maydon tashkil etish;
  • startap loyihalarni amalga oshirishda ularni qisman moliyalashtirish asosida qoʻllab-quvvatlash va muassislar tarkibiga kirish.

 

Hujjat bilan «Inno» innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish teхnoparki toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar belgilangan:

  • teхnopark boshqaruv kompaniyasining huquq va majburiyatlari;
  • startap loyihalarni koʻrib chiqish va tanlab olish tartibi;
  • startap loyihalarning inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish tartibi;
  • yuridik shaхslarni teхnopark rezidentlari sifatida roʻyхatdan oʻtkazish va roʻyхatdan chiqarish tartibi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan va 15.10.2022 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova.