Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hududlarda maktabgacha ta’limni rivojlantirishga – $100 mln

03.06.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 26.05.2021 yildagi «Hududlarda maktabgacha ta’lim хizmatlarini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5125-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, 3–7 yoshli bolalarga ta’lim-tarbiya хizmatlarini koʻrsatish sifatini yaхshilash hamda sohada nodavlat sektorining ulushini oshirish maqsadida qabul qilingan.

 

2021–2022 yillarda maktabgacha ta’lim хizmatlarini kengaytirish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Moliya vazirligiga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan 100 mln AQSh dollari miqdorida mablagʻlar ajratiladi.

 

Shuningdek qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha ta’lim хizmatlarini rivojlantirish boʻyicha komissiya tashkil etildi va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish boʻyicha loyihalarni odillik va shaffoflik tamoyillari asosida tanlash va moliyalashtirish;
  • davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish va jihozlash boʻyicha manzilli dasturlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash;
  • maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish maqsadlariga ajratilayotgan markazlashgan mablagʻlardan manzilli va samarali foydalanishini ta’minlash, sohada amalga oshirilayotgan loyihalarni doimiy tahlil qilib borish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha zarur choralarni koʻrish;
  • maktabgacha ta’lim хizmatlarini kengaytirish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni moliyalashtirishda korrupsiya holatlariga, ortiqcha sarsongarchilik va qogʻozbozlikka yoʻl qoʻymaslik.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.