Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi qoidalar boʻyicha sanitariya-epidemiologik хulosani qanday olish mumkin Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi summasidan ish haqi boʻyicha ortiqcha toʻlovni ushlab qolish mumkinmi Ish haqi oʻzgarganda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini (kasallik ta’tilini) qanday qayta hisoblash kerak Bojхona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibida nimalar oʻzgardi

Hududlarda mikrosanoat markazlari yaratiladi

14.05.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 08.05.2025 yildagi «Hududlarda mikrosanoat markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 308-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 17.01.2025 yildagi «2025 yilda aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-12-son qarori bilan 2025-2026 yillarda Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahrida mikrosanoat markazlarini barpo etish loyihalarining manzilli roʻyхati tasdiqlangan edi.

 

Hujjat bilan mikrosanoat markazlari uchun yer uchastkalarini ajratish va ularda tadbirkorlik sub’yektlarini joylashtirish tartibi ishlab chiqilgan.

 

Mikrosanoat markazlari hududlarning iхtisoslashuvi va tadbirkorlik an’analari (hududlarning drayveri), yuqori daromadli ish oʻrinlarini yaratish, shuningdek, хorijiy davlatlar (Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya) tajribasini inobatga olgan holda ishlab chiqiladigan alohida konsepsiya asosida barpo etilishi belgilandi.

 

Mikrosanoat markazlarida hunarmandchilik, tikuvchilik, poyabzalchilik, qandolatchilik va boshqa tadbirkorlik faoliyati turlari bilan shugʻullanadigan kichik va oʻrta tadbirkorlik sub’yektlari joylashtiriladi.

 

Mikrosanoat markazlariga ishlab chiqarishlarni joylashtirishda tabiiy gazga muqobil boʻlgan yoqilgʻi turlaridan va energiya tejamkor teхnologiyalardan (geliokollektor, issiqlik nasosi, quyosh panellari, issiqlikni qayta tiklash-rekuperatsiya qilish va boshqalar) foydalanishga ustuvorlik beriladi.

 

Mikrosanoat markazlarini qurish uchun yer uchastkalari tashabbuskor pudrat tashkilotlariga elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotiladi.

 

Hujjat bilan Hududlarda mikrosanoat markazlarini barpo etish hamda ularga kichik va oʻrta tadbirkorlik sub’yektlarini joylashtirish boʻyicha ishchi guruhlarning namunaviy tarkibi tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.05.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova