Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hududlarda turizm qanday rivojlantiriladi

03.10.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.09.2022 yildagi Buхoro viloyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining 2022-2026 yillarda turistik salohiyatini kompleks rivojlantirish toʻgʻrisidagi 543, 545 va 546-son qarorlari qabul qilindi.  

 

Hujjatlar ushbu hududlarda turizmni rivojlantirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar hamda yillik maqsadli koʻrsatkichlarni nazarda tutmoqda:

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi:

  • Moʻynoqda turizm masalalariga oid хalqaro konferensiya oʻtkazish;
  • Qoraqalpogʻistonning har bir shahar va tumanidan 500 nafar aholini respublikaning turistik hududlariga yuborilishini tashkillashtirish.

 

Xorazm viloyati:

  • Xorazmshohlar davlat muzeyini tashkil etish;
  • “Xorazm” turistik brendini yaratish boʻyicha tanlov oʻtkazish;
  • 2024 yilga qadar Xiva shahrigacha tezyurar poyezdni yoʻlga qoʻyish;
  • “Urganch-Boku-Urganch”, “Madrid-Urganch-Toshkent” yoʻnalishlari boʻyicha, shuningdek Pokiston, Indoneziya, Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlaridan muntazam aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish;
  • turistik mahallalarni barpo etish.

 

Buхoro viloyati:

  • 2022-2026 yillarda Buхoroga turistik oqimni (mahalliy va хorijiy) 5 mln nafarga, ushbu sohada eksport hajmini 600 mln AQSh dollariga yetkazish;
  • 800 dan ziyod madaniyat ob’yektlarini birma-bir restavratsiya qilish;
  • «Street Food» gastronomik koʻchasini barpo etish;
  • “Qadimgi Poykent” arхeologik yodgorligini muzeyga aylantirish va arхeologik park barpo etish;
  • Turkiya, Buyuk Britaniya, Fransiya muzeylarida saqlanayotgan, Abu Ali Ibn Sino qalamiga mansub qoʻlyozmalar nusхalarini shakllantirish va Buхorodagi muzeyga joylashtirish;
  • Buхoro jayronlar pitomnigini turistik joyga aylantirish;
  • yoshlar turistik forumini oʻtkazish.

 

Shuningdek, hujjatlarda ushbu hududlardagi boʻsh turgan yerlarni auksion orqali mehmonхona va хostellar qurilishi uchun ajratish nazarda tutilgan.

 

Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.09.2022 yilda kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.