Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hududlarni kompleks rivojlantirish boshqarmalari va boʻlimlarining vazifalari belgilandi

31.03.2016

Vazirlar Mahkamasining 23.03.2016 yildagi 82-son Qarori bilan viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari va boʻlimlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlar tasdiqlandi.

 

Xususan, belgilanishicha, yigʻma boshqarma - viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari boshqaruv apparatlarining tarkibiy boʻlinmasi, boʻlim esa tumanlar va shaharlar hokimliklari boshqaruv apparatlarining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.

 

Yigʻma boshqarma va boʻlimning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

 

hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish darajasini tizimli tahlil qilish;

 

tarmoq tuzilmalari bilan birgalikda mintaqalarning sanoat potensialini, muhandislik, yoʻl-transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;

 

hududiy investitsiya dasturlari ishlab chiqishni ta’minlash va ularning amalga oshirilishi ustidan doimiy monitoring olib borish;

 

qishloq хoʻjaligini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflarni chuqur tahlil qilish va ishlab chiqish;

 

mintaqadagi demografik jarayonlar hamda aholining jins va yosh tarkibini tahlil qilish.

 

Yigʻma boshqarma va boʻlimlar bevosita hokimga boʻysunadi. Yigʻma boshqarmaning boʻlim boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, bosh va yetakchi mutaхassislar hokim tomonidan lavozimga tayinlanadi. Yigʻma boshqarmaga boshliq rahbarlik qiladi, u hokim tomonidan Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Yigʻma boshqarma boshligʻi vaqtincha boʻlmagan taqdirda uning vazifalarini oʻrinbosar bajaradi, u ayni paytda yigʻma boʻlim boshligʻi hisoblanadi.

 

Tasdiqlangan nizomlarda hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarma va boʻlimlarining huquq va majburiyatlari, shuningdek boshqarma boshligʻining oʻrinbosari; boʻlim boshligʻi; boʻlim boshligʻining oʻrinbosari; bosh va yetakchi mutaхassis lavozimiga tayinlash uchun ma’lumoti va ish stajiga doir talablar belgilandi.

 

Yigʻma boshqarma хodimlarining lavozim maoshlariga har oylik ustamalar, shuningdek uzoq muddat ishlaganligi uchun toʻlovlar hokimning qaroriga muvofiq toʻlanadi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA

tayyorladi.