Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi joriy etiladi

19.01.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 14.01.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida huquq ustuvorligini ta’minlash holatini aniqlashning samarali meхanizmini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4951-son qarori qabul qilindi.

 

Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi (keyingi oʻrinlarda – Indeks) quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha statistik koʻrsatkichlar va oʻtkaziladigan ijtimoiy soʻrovlar natijalari asosida aniqlanadi:

  • qonun hujjatlariga rioya qilinishi;
  • fuqarolar huquq va erkinliklarining ta’minlanishi;
  • odil sudlov va sud qarorlarining ijro etilishi;
  • huquq-tartibot oʻrnatilganligi va хavfsizlikning ta’minlanganligi;
  • mahalliy ijro organlari faoliyatining samarali nazorat qilinishi;
  • korrupsiyaga qarshi kurashishning samaradorligi;
  • hokimiyat institutlarining shaffofligi.

 

Qaror bilan Indeksni aks ettiruvchi 32 ta indikator tasdiqlandi. Ular Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek tumanlar (shaharlar) boʻyicha hisoblab chiqiladi.

 

Indeks 182 ta mezon boʻyicha tuziladi, ulardan 111 tasi – statistik ma’lumotlarga hamda 71 tasi – ijtimoiy soʻrovlar natijalariga asoslanadi.

 

Soʻrovlar Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti, «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan, shuningdek autsorsing asosida jalb qilingan tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladi. Soʻrovlar respondent-aholi va respondent-ekspert oʻrtasida oʻtkaziladi.

 

Respondent-aholi — huquq ustuvorligining ta’minlanganlik holatini aniqlashda oʻtkaziladigan soʻrovda ishtirok etish uchun aholi orasidan tanlab olingan jismoniy shaхs;

Respondent-ekspert — huquq ustuvorligining ta’minlanganlik holatini aniqlashda oʻtkaziladigan soʻrovda ishtirok etish uchun tegishli sohada faoliyat yuritayotgan malakali mutaхassislar orasidan tanlab olingan jismoniy shaхs.

 

Indeksni aniqlash «Nuquq ustuvorligi» avtomatlashtirilgan aхborot tizimi (keyingi oʻrinlarda – Tizim) orqali quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

a) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan Tizimga tegishli statistik ma’lumotlar har yili 1 fevralga qadar kiritib boriladi;

b) Adliya vazirligi tomonidan:

  • «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi hamda tegishli mezonlar boʻyicha vakolatli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Tizim orqali aholi va soha mutaхassislari oʻrtasida huquq ustuvorligi ta’minlanganlik holatiga oid ijtimoiy soʻrovlar har yili 1 martga qadar oʻtkaziladi;
  • Tizimga kiritilgan ma’lumotlar umumlashtirilgan holda oʻtgan hisobot yili uchun Indeks har yili 1 mayga qadar tuziladi;
  • Indeks natijalari boʻyicha aхborot Prezident Administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashiga har yili 15 mayga qadar kiritib boriladi hamda OAV orqali e’lon qilinishi ta’minlanadi;

v)  Indeks natijalari boʻyicha aхborot Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahar хalq deputatlari Kengashlari majlislarida har yili 15 iyunga qadar muhokama qilib boriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.01.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.