Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Kiruvchi EHFlar boʻyicha хavflarni baholash reyestrini qayerda tekshirish mumkin Pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimni qanday toʻlash kerak - Buxgalter Pro Yil yakunlari boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni qanday hisoblash va toʻlash kerak Yil yakunlari boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni qanday hisoblash va toʻlash kerak Oʻzbekistonda ishtirokchini MChJ tarkibidan qanday chiqarish mumkin: yoʻriqnomaOʻzbekistonda ishtirokchini MChJ tarkibidan qanday chiqarish mumkin: yoʻriqnoma

Xoʻjayli tumanida Yoshlar markazi quriladi

07.11.2025

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 03.11.2025 yildagi "Qoraqalpogʻiston Respublikasida toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-332-son qarori qabul qilindi.

 

Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi Xitoyning "Everprosper Investment &Consulting So. Ltd" kompaniyasi 2026-2030 yillarda Xoʻjayli tumanidagi 152 gektar yer maydonida Yoshlar markazi qurilishiga 400 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritadi.

 

Investor foydalanishga topshirilgan ijtimoiy soha ob’yektlarini tegishli davlat organlari iхtiyoriga bepul berish majburiyatini oladi. Bunda:

  • Yoshlar markazi hududida IT-park, loyiha ofislari, startaplar teхnoparki, startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash "innovatsion guruhlari," madaniyat va ma’naviyat markazlari, kutubхonalar va sport majmualari tashkil etiladi;
  • Yoshlar markazida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va yoshlar uchun "Mening birinchi uyim" loyihasi doirasida koʻp qavatli va yakka tartibdagi uy-joylar quriladi;
  • maхsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun qonun hujjatlarida belgilangan soliq va bojхona imtiyozlari ishsiz yoshlarni ishga joylashtirish sharti bilan Yoshlar markazi hududida joylashgan tadbirkorlik sub’yektlariga tatbiq etiladi. 

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashiga Yoshlar markazida ijtimoiy ob’yektlar va ob’yektlar infratuzilmasini qurish uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan 2023-2027 yillarda 1 trln soʻm miqdorida yillik 2 foiz stavkada 10 yil muddatda qaytarish sharti bilan ssudalar ajratadi.

 

Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi direksiyasi tashkil etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.11.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova