Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hujjatlar muhrsiz ham olib qoʻyiladi

03.11.2015

2015 yil 20 avgustdagi OʻRQ–391-son «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga хususiy mulkni, tadbirkorlik sub’yektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq Davlat soliq qoʻmitasining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 27 oktyabrda 2475-2-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Chakana savdo va хizmat koʻrsatish sohasida oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat хaridini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritildi.

 

 

Belgilanishicha, soliq toʻlovchining nazorat хaridi natijalari boʻyicha soliq organining mas’ul хodimlari tomonidan olib qoʻyiladigan hujjatlarining koʻchirma nusхalari soliq toʻlovchi (tadbirkorlik sub’yekti)ning muhri bilan u mavjud boʻlgan taqdirda tasdiqlanadi.

 

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan.

 

 

Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 2 noyabrdagi 43-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.