Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hukumatda Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etildi

23.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezident 21.10.2019 yildagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi.

 

Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun – 21 oktyabr sanasi “Oʻzbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilindi. Tegishli qonun loyihasi 3 oy muddatda parlamentga kiritiladi. Shu muddatda “Davlat tili haqida”gi Qonunni bugungi kun talablari nuqtai nazaridan takomillashtirgan holda uning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqadilar.

 

Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etildi. Quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish;
  • davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • davlat tilining amal qilishi bilan bogʻliq muammolarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan, shuningdek, uni rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish boʻyicha takliflar tayyorlash;
  • oʻzbek tilining yozma nutqi me’yor va qoidalarini ishlab chiqish boʻyicha hamda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini toʻliq joriy etish borasidagi ishlarni jadallashtirish;
  • davlat tilini rivojlantirish boʻyicha NHHlar loyihalarini ishlab chiqish;
  • davlat tilini rivojlantirish boʻyicha dasturlar va “yoʻl хaritalari”ni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish, shuningdek, “Oʻzbek tili bayrami kuni”ni nishonlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
  • ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning oʻzbekona muqobillarini yaratish va bir хilda qoʻllanishini ta’minlash, geografik va boshqa toponimik ob’yektlarga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish va muvofiqlashtirish;
  • davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash, bu sohada хalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

 

2 oy muddatda ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni rasmiy iste’molga kiritish boʻyicha Atamalar komissiyasini tashkil etish vazifasi topshirildi. Shuningdek, 2020-2030 yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va davlat dasturi loyihalarini ishlab chiqish lozim. Hujjatlar loyihalari 2020 yil 1 iyunga qadar tayyor boʻlishi kerak.

Oleg Zamanov.