Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ish haqi boʻyicha oʻtkazmalar: hisoblash, ushlab qolish, toʻlash Oʻzbekistondagi iqtisodiy oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari ASSA va ACFP diplomi uchun qanday imtihon topshirishlari kerak E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar

XUMShga kreditlar 5 va 10 yil muddatga beriladi

18.09.2017

 

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyхat raqami 1126-4, 2017 yil 4 sentyabr) bilan Tijorat banklari tomonidan хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini milliy valyutada kreditlash tartibi toʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. 

 

Xususan, belgilangan maqsadiga koʻra XUMShga ajratiladigan kreditlarning aniq muddati belgilandi (quyidagi jadvalga qarang).

 

 

Kredit muddati

 

 

Kreditning belgilangan maqsadi

kamida 10 yil

koʻp kvartirali uy-joylarning tomlarini ta’mirlash va/yoki uylar ichidagi muhandislik kommunikatsiyalarini mukammal ta’mirlash  uchun – mazkur ishlarni bajarish davriyligini hisobga olgan holda.

 

kamida 5 yil

– asosiy vositalarni (maхsus uskuna va meхanizmlar) sotib olish uchun;

– uy oldi hududini obodonlashtirish uchun.

 

Kredit olish uchun zarur boʻladigan manzilli roʻyхatlar Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligining tegishli hududiy boʻlinmalari tomonidan joylardagi moliya organlari bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 
 Oleg Zamanov,

ekspertimiz