Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hunarmandlar imtiyozli kreditlar va subsidiyalar oladilar

07.01.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 30.12.2021 yildagi “Hunarmandchilik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-77-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 2021 yil 20 dekabrdagi "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-55-son qaroriga muvofiq loyihalarni moliyalashtirish uchun 10 trln soʻm mablagʻ ajratiladi.

 

2022 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar yillik 14% stavkada "Hunarmand" uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va хomashyo materiallarini хarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, "usta-shogird" maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaхonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun - 3 yilgacha muddatga hamda aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun 18 oygacha muddatga ajratiladi.

 

Belgilanishicha:

  • 2022 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilayotgan mablagʻlarning 500 mlrd soʻmi hunarmandchilik loyihalarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi;
  • imtiyozli kreditlar hunarmandning talabi boʻyicha naqd pul olish imkoniyati bilan taqdim etiladi;
  • oldingi yillarda hunarmandlarga ajratilgan imtiyozli kreditlarning soʻndirilgan qismidan hosil boʻlgan mablagʻlar aynan hunarmandchilik loyihalarini moliyalashtirish uchun qayta yoʻnaltirib boriladi;
  • imtiyozli kreditlardan samarali foydalanilishi va ularning oʻz vaqtida qaytarilishi yuzasidan "Hunarmand" uyushmasi tijorat banklari bilan birgalikda doimiy monitoring va nazorat tizimini oʻrnatadi.

 

Bunda, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kredit ajratish boʻyicha «oilakredit.uz» elektron maydonida hunarmandlarni onlayn navbatga qoʻyish va ularning loyihalarini kreditlash uchun alohida boʻlim ishga tushiriladi.

 

2022 yildan boshlab Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi hisobidan:

  • "usta-shogird" an’analari asosida yoshlarga hunar oʻrgatayotgan hunarmandlarga - shogirdlar tayyorlashi, zarur хomashyo sotib olishi va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlashi uchun 6 oy davomida har oyda BHMning 2 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;
  • shogirdlarga - mustaqil faoliyatini boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olishi, shuningdek, ustalarga - veb-saytlarini tashkil etish uchun - BHMning 25 baravari miqdoridan oshmaydigan qismiga subsidiyalar ajratiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.