Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Huquqiy eksperimentlarni qanday oʻtkazish rejalashtirilmoqda

01.11.2023

Rus tilida oʻqish

«Huquqiy eksperiment toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi. 

 

Huquqiy eksperimentlar:

  • qonunlar;
  • Oliy Majlis palatalarining qarorlari;
  • Prezident farmonlari va qarorlari;
  • Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan oʻtkaziladi. 

 

Ma’lumot uchun: normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organ tomonidan normativ-huquqiy hujjat samaradorligini, uning vaqtincha amal qilishini muayyan hududda va (yoki) shaхslar doirasi boʻyicha cheklagan holda oʻrganish huquqiy eksperimentdir. 

 

Huquqiy eksperiment oʻtkazish bosqichlari: 

  • loyihalashtirish va tayyorgarlik koʻrish;
  • huquqiy eksperimentni oʻtkazish;
  • huquqiy eksperiment monitoringi va natijalarini baholash;
  • huquqiy eksperiment natijalarini joriy etish. 

 

Huquqiy eksperiment oʻtkazish muddati – 6 oydan 3 yilgacha. 

 

Huquqiy eksperiment yakunlanganidan keyin 30 ish kuni mobaynida mas’ul organ tomonidan   huquqiy eksperiment tartibida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni   umummajburiy huquqiy normalarga aylantirish maqsadga muvofiq yoki muvofiq  emasligi toʻgʻrisida   hisobot tayyorlanadi. Hisobot OAV da e’lon qilinishi va jamoatchilikka yetkazilishi kerak.

 

Vakolatli organ, Prezident, Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi taqdim etilgan hisobotga asosan quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: 

  • huquqiy eksperiment tartibida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat yoki uning eksperimental-huquqiy normalarini umummajburiy huquqiy normalarga aylantirish toʻgʻrisida;
  • huquqiy eksperiment tartibida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni yoki uning eksperimental-huquqiy normalarini umummajburiy huquqiy normalarga aylantirish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida;
  • huquqiy eksperiment oʻtkazish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida;
  • huquqiy eksperiment natijalarini inobatga olgan holda qonunchilikni takomillashtirish haqida;
  • huquqiy eksperiment natijalarini inobatga olgan holda normativ-huquqiy hujjatni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

 Sobir Nurberdiyev.