Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ishlab chiqaruvchilar tomonidan suv va ichimliklarni raqamli markirovkalash kodlarini EHFda aks ettirish muddatlari koʻchirildi (258-son VMQ) 255-sonli VMQ boʻyicha yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini qanday uzaytirish mumkin Reeksportni qanday hisobga olish va soliqlar solish mumkinReeksportni qanday hisobga olish va soliqlar solish mumkin

Huquqiy tajriba qanday oʻtkaziladi

03.04.2026

Rus tilida oʻqish

Prezident «Huquqiy tajriba toʻgʻrisida»gi qonunni (27.03.2026 y. OʻRQ-1127-son) imzoladi.

 

Huquqiy tajriba – bu normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organ tomonidan uning amal qilishini muayyan hududda va (yoki) shaхslar doirasida vaqtincha joriy etish orqali samaradorligini oʻrganishdir.

 

Qonunga koʻra, NHH qabul qilish huquqi berilgan davlat organi yoki mansabdor shaхs vakolatli organ hisoblanadi. Huquqiy tajribani oʻtkazish muddati 6 oydan 3 yilgacha boʻlishi mumkin.

 

Qonun bilan Huquqiy tajribalarning yagona reyestrini yuritish ham nazarda tutilgan. Unga huquqiy tajribani tashkil etish, oʻtkazish va uning natijalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar kiritib boriladi.

 

Huquqiy tajriba natijalari boʻyicha vakolatli organ u tugaganidan keyin 30 ish kuni ichida huquqiy tajriba yakunlari toʻgʻrisidagi hisobot asosida quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

  • tajriba tariqasida qabul qilingan normani umummajburiy norma sifatida qabul qilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida;
  • NHHni qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida;
  • huquqiy tajriba oʻtkazish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida.

 

Vakolatli organ hisobotni OAVda e’lon qilishi va jamoatchilik e’tiboriga havola etishi shart.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 29.06.2026 yildan kuchga kiradi.

Lola Abduazimova