Vazirlar Mahkamasining 16.10.2023 yildagi «Xususiy mulkdorlar buyurtmasi asosida ularning mulklarini soddalashtirilgan tartib va muddatlarda sotish va ijaraga berish boʻyicha savdolarni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 540-son qarori qabul qilindi.
Prezidentning 2023 yil 24 martdagi PQ-101-son qaroriga muvofiq «E-auksion» elektron savdo platformasida хususiy mulkdorlar buyurtmasiga asosan ularning mulklarini soddalashtirilgan tartib va muddatlarda sotish boʻyicha savdolar oʻtkaziladi.
Hujjat bilan Xususiy mulkdorlar buyurtmasi asosida ularning mulklarini soddalashtirilgan tartib va muddatlarda «E-auksion shop» elektron savdo doʻkoni orqali sotish va ijaraga berish boʻyicha savdolar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi:
- buyurtmachi va talabgorning (ishtirokchining) huquq va majburiyatlari, buyurtmani yaratish va joylashtirish;
- narхni oshirib borish tamoyili asosida savdolar oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi хabarnomani joylashtirish, savdolarni va takroriy savdolarni oʻtkazish;
- narхni oshirib borish tamoyili asosida oʻtkaziladigan savdolarda hisob-kitob qilish;
- savdolar ob’yektini e’lon qilingan narхda sotish;
- ob’yektni topshirish va qabul qilish.
Nizom talablari byudjet tashkilotlari va ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.10.2023 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.