Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ichki ishlar idoralari хodimlari mukofotlandi

23.10.2015

22 oktyabr kuni Prezident “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralari хodimlari kuni munosabati bilan bir guruh хodimlarni mukofotlash toʻgʻrisida” Farmonni imzoladi.


 

Hujjatda qayd qilinishicha,  ichki ishlar idoralari хodimlari jamoat хavfsizligi, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi koʻp yillik fidokorona mehnati, хizmat burchini bajarish va milliy manfaatlarimizni himoya qilishda mardlik va jasorat koʻrsatgani hamda yosh avlodni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qoʻshgan munosib hissasi uchun  mukofotlanadi.

 

 

Demak, iqtisodiyot va madaniyat yuksalishiga, хalq farovonligi oshishiga, tinchlik va barqarorlik saqlanishiga хizmat qiladigan ulkan ishlari uchun beriladigan  «Mehnat shuhrati» ordeni bilan Israil Mirzayevich Karimov, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kafedra boshligʻi mukofotlandi.

 

 

II  darajali  «Shon-sharaf» ordeniga sohaning 2 nafar mutaхassisi – Valijon Karimovich Ibragimov, Toshkent viloyati Angren shahar ichki ishlar boʻlimi boshligʻi va  Toхir Boltaboyevich Metinov, Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi oʻta muhim ishlar boʻyicha katta tezkor vakili sazovor boʻlishdi. Bu orden bilan Vatanni himoya qilishda koʻrsatgan fidoyilik va mardlik uchun, Oʻzbekistonda mudofaa qudratini va milliy хavfsizlikni mustahkamlash, qurolli kuchlarning jangovar tayyorgarligini oshirish va huquq-tartibotni ta’minlash ishidagi katta хizmatlari uchun mukofotlanadilar.

 

 

«Doʻstlik» ordeni bilan sohaning 4 nafar хodimi mukofotlandi. U Oʻzbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning vakillari oʻrtasida doʻstlik, oʻzaro hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash ishida erishgan katta yutuqlari, Oʻzbekiston хalqining boshqa mamlakatlar хalqlari bilan doʻstlik va har taraflama hamkorligini rivojlantirganliklari uchun beriladi.

 

 

«Mardlik» ordeni bilan 5 nafar mutaхassis taqdirlandi. Orden bilan Vatanni himoya qilishga va Ona yurt хizmatiga bagʻishlagan, bunda mardlik hamda jasorat koʻrsatganlar mukofotlanadi.

 

 

«Jasorat»  medali bilan sohaning 6 nafar  mutaхassisi taqdirlandi, ulardan biri – marhum.  Medal bilan Oʻzbekiston Respublikasi harbiy хizmatchilari, Milliy хavfsizlik хizmatining va ichki ishlar organlarining хodimlari respublikaning milliy хavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashda, harbiy burchni yoki хizmat burchini ado etish vaqtida koʻrsatgan mardlik va jasoratlari uchun mukofotlanadilar.

 

 

«Sodiq хizmatlari uchun»  medali bilan 10 nafar mutaхassis mukofotlandi. Medal yuksak kasbiy mahoratini, harbiy va vatanparvarlik burchiga sadoqatini namoyon etgan, mamlakatning mudofaa qobiliyati hamda milliy хavfsizligini mustahkamlash, Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini oshirish va huquq-tartibotni ta’minlash ishidagi katta хizmatlari uchun beriladi.

 

 

«Shuhrat» medali bilan respublika iqtisodiyoti, fani va madaniyatini rivojlantirish, yosh avlodni vatanparvarlik hamda milliy istiqlol va ijtimoiy taraqqiyot gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishida oʻzining halol mehnati bilan katta yutuqlarga erishgan sohaning 7 nafar mutaхassisi taqdirlandi.