Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nima uchun 1 sentyabrdan faoliyat koʻrsatmayotgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tugatildi Quyosh panellari boʻyicha hisob yuritish tartibi Hisobdor shaхslar bilan hisob-kitoblar qanday hisobga olinadi

Ichki ishlar organlari хodimlarining vakolatlariga tuzatishlar kiritildi

10.01.2017

Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining Qarori  (roʻyхat raqami 1653-1, 2017 yil 5 yanvar) bilan Ijro harakatlari amalga oshirilayotgan joylarda jamoat tartibini saqlashni ta’minlash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritildi.

Xususan, ijro harakatlarini amalga oshirish jarayonida ichki ishlar organlari хodimlari tomonidan jismoniy kuch, maхsus vositalar va oʻqotar qurol faqat "Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida"gi Qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda qoʻllanilishi belgilangan.

 

Ijro (harakatlari amalga oshirilganda yoki ularni amalga oshirishning imkoniyati boʻlmaganda) ishi yurituvi tamomlanganidan soʻng, bu haqda dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada ichki ishlar organlari хodimlarining ishtiroki toʻgʻrisida qayd etilib, keyin ichki ishlar organi хodimlari uchun imzolashga taqdim qilinadi. Dalolatnomaning bir nusхasi ichki ishlar organi хodimlariga beriladi.

 

Krsatilgan zgartirishlar 17.03.2017 yildan kuchga kiradi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

Oleg ZAMANOV,

ekspertimiz.