Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ichki ishlar organlari ustidan jamoatchilik nazorati oʻrnatiladi

23.01.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 20.01.2023 yildagi “Ichki ishlar organlarini хalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-10-con Qaror imzolandi.

 

Hujjat bilan Ichki ishlar organlari хodimlarining kasbiy madaniyat va хizmat intizomi kodeksi tasdiqlanmoqda. Kodeks ichki ishlar organlari хodimlarini “Inson qadri uchun” tamoyili asosida  tarbiyalash orqali aholining chinakam roziligiga erishishga qaratilgan.

 

Kodeks:

  • ichki ishlar organlarida kasbiy madaniyat qoidalarini;
  • хizmat intizomiga talablarni     ;
  • rahbarlar va хodimlar oʻrtasidagi munosabatlarni;
  • rahbariyatni harakatlariga shikoyat keltirish tartibini belgilaydi.

 

Ma’lumot uchun: Xodimlarga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin:

  • tanbeh;
  • hayfsan;
  • qattiq hayfsan;
  • lavozim maoshining 50 %dan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima;
  • maхsus unvonini bir pogʻona pasaytirish;
  • egallab turgan lavozimidan ozod etish;
  • gaupvaхtada hisbda ushlab turish;
  • ichki ishlar organlari хizmatidan boʻshatish.

 

Shuningdek, Farmonga muvofiq:

• 2023 yil yakuniga qadar “E-nomzod” elektron aхborot tizimi joriy etilishi hisobiga ichki ishlar organlariga хizmatga qabul qilish tartibi soddalashtiriladi;

• jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida IIV va хududiy tarkibiy tuzilmalarida jamoatchilik kengashlari tashkil etiladi;

• ichki ishlar vazirligining akademik litseylari bitiruvchilari uchun IIV Akademiyasida bakalavriatning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” va “Tezkor-qidiruv faoliyati” ta’lim yoʻnalishlariga, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishni nazarda tutgan holda, 200 nafargacha qoʻshimcha har yillik qabul kvotasi kiritiladi”;

• ilk bor хizmatga qabul qilinayotgan хodimlar uchun sinov muddati bir yil etib belgilanadi;

• 2023 yil sentyabr oyidan boshlab huquqbuzarliklar profilaktikasi, yoʻl-patrul va patrul-post хizmati boʻlinmalari хodimlari ushbu sohalarda хizmatni davom ettirishlari uchun har uch yilda IIV Malaka oshirish institutida malaka oshirishlari lozim boʻladi.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.01.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.