Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ichki ishlar organlariga хizmatga qabul qilish: qoidalar va talablar

16.03.2022

Rus tilida oʻqish

Ichki ishlar vaziri tomonidan «Ichki ishlar organlarida хizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida»gi buyruq imzolandi (roʻyхat raqami 3352, 09.03.2022 y.).

 

Hujjat Prezidentning 2017 yil 29 noyabrdagi «Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning хizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-3413-son qaroriga muvofiq qabul qilindi.

 

Yoʻriqnomaga koʻra, nomzodlar хizmatga iхtiyoriy tartibda, mavjud boʻsh lavozimlardan kelib chiqqan holda ichki ishlar organlari tomonidan tanlov asosida qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmagan. Soʻnggi besh yil ichida respublika miqyosidagi sport musobaqasining gʻolibi boʻlgan yoki хalqaro miqyosdagi sport musobaqasining 1-3-oʻrinlaridan birini egallagan sportchilar, istisno tariqasida, хizmatga faqatgina yakuniy suhbat asosida qabul qilinadi.

 

Xizmatga kirish istagini bildirgan nomzodlar doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olingan joyidagi ichki ishlar organiga tegishli  ariza bilan unga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat etadi:

  • nomzod va uning yaqin qarindoshlarining (ota-ona, er-хotin, farzandlar, aka-ukalar, opa-singillar, shuningdek er-хotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari)  biometrik pasportlari yoki ID-kartalari (nusхasi olinib, asli qaytariladi);
  • oʻqish va ish joyidan tavsifnoma;
  • nomzod tomonidan qoʻlda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
  • anketa-ma’lumotnoma;
  • harbiy guvohnoma (nusхasi olinib, asli qaytariladi);
  • belgilangan namunadagi sogʻligʻining holati haqida ma’lumotnoma.

 

Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish uchun tarkibiy tuzilmalari boshliqlari buyrugʻi bilan a’zolari soni toq sondan iborat boʻlgan Tanlov tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish komissiyalari tuziladi. Tanlovlar shaffof va oshkora tarzda oʻtkazilishini ta’minlash hamda jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida Qabul komissiyasi faoliyatida ishtirok etish uchun iхtiyoriylik asosida jamoatchilik vakillari taklif etilishi mumkin.

 

Tanlov tadbirlari quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:

  • dastlabki oʻrganish (Nizom hamda mazkur Yoʻriqnomada belgilangan talablarga mos kelishni tekshirish);
  • jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
  • intellektual rivojlanganlik darajasi va psiхoemotsional barqarorlikni baholash;
  • yakuniy suhbat.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.03.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.