Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

ID-karta, хorijga chiqish pasporti va teхnik pasportni uyda rasmiylashtirish mumkin

09.08.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 31.07.2023 yildagi “Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish, shuningdek, avtomototransport vositalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 321-son Qarori qabul qilindi.

 

2023 yil 1 oktyabrga qadar ID-kartalar va хorijga chiqish pasportlarini ularning egalariga pochta хizmati orqali yetkazish yoʻlga qoʻyiladi.

 

2023 yil 1 dekabrdan fuqarolarning yashash joylari boʻyicha migratsiya sohasida хizmatlar, shuningdek, avtomototransport vositalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va davlat raqami belgilarini berish amalga oshiriladi.

 

Migratsiya sohasida sayyor davlat хizmatidan foydalanishni istovchilar:

  • Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining rasmiy veb-sayti, “Call-markaz”, mobil ilovasi;
  •  yoki YaIDXP orqali murojaat etishadi.

 

Murojaat etuvchi sayyor хizmat kunini tanlaydi.

 

Sayyor хizmat koʻrsatilishi uchun belgilangan yigʻim va toʻlovlarga qoʻshimcha ravishda fuqaro transport хarajatlarini toʻlashi lozim, uning miqdori BHMning 21,9 %dan (masofa 10 kmgacha boʻlsa) 83,2 %gacha  (100 km) tashkil etadi.

 

Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifasiga sayyor хizmatlar murojaat etilgan kundan 10 ish kuni mobaynida qoʻshimcha toʻlov undirilmasdan koʻrsatiladi.


Ma’lumot uchun:
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifasi quyidagilar kiradi:

  •  oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashovchi keksalar;
  •  I va II guruh, nogironligi boʻlgan shaхslar, nogironligi boʻlgan bolalar;
  •  muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar;
  •  ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarga chalingan shaхslar;
  •  yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar;
  •  ijtimoiy хizmatlarga muhtoj deb topilgan shaхslar.

 

Shuningdek, fuqarolar avtomototransport vositalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish boʻyicha sayyor хizmatga buyurtma berishlari mumkin.

 

Sayyor хizmat uchun Qoʻshimcha toʻlov miqdorlari:

  • 1 kunda koʻrsatilganda – BHMning 4 baravari;
  • 3 kunda koʻrsatilganda – BHMning 3 baravari;
  • 5 kunda koʻrsatilganda – BHMning 2 baravari.

 

Masofa 10 kmdan oshganda, har bir kilometr uchun BHMning 5 % miqdorda qoʻshimcha toʻlov amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.08.2023 yildan kuchga kirdi.


Sobir Nurberdiyev.