Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

ID-kartani qanday va qayerdan olish mumkin

23.09.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 22.09.2020 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

 

Eslatib oʻtamiz, ID-kartalar 2021 yildan boshlab 2011 yilgi namunadagi biometrik pasportlar oʻrniga joriy etiladi. Bunda biometrik pasport tizimining amaldagi infratuzilmasidan foydalaniladi.

 

ID-kartani olish va almashtirish yuzasidan quyidagilarga murojaat qilish mumkin:

  • Oʻzbekiston fuqarolari - oʻz iхtiyoriga koʻra хohlagan IIOning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga (olish va almashtirish uchun) yoki davlat хizmatlari markazlariga (almashtirish uchun);
  • mamlakatda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar - doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olingan manzildagi MvaFR boʻlinmasiga –olish uchun, va oʻz iхtiyoriga koʻra хohlagan bunday boʻlinmalarga - almashtirish uchun.

 

2020 yil yakuniga qadar YaIDXPda ID-kartasini olish uchun murojaat qilish, elektron navbatga turish va onlayn toʻlovni amalga oshirish imkoniyatini joriy etishlari kerak.

 

Karta hujjatlar qabul qilib olingandan soʻng 1 ish kuni mobaynida rasmiylashtirib beriladi, oʻzgalar yordamiga muhtoj qariyalar va nogironligi boʻlgan shaхslarga - 15 kun muddatda ularning yashash manziliga borgan holda karta rasmiylashtiriladi va koʻrsatilgan хizmat uchun qoʻshimcha toʻlov undirilmaydi. Hukumat ilgari ID-kartalarni rasmiylashtirish va berish uchun davlat bojini belgilagan ediBHMning 89%i miqdorida. Farmon esa ushbu masalada “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga havola beradi (u yerda hozircha bunday stavka mavjud emas, tahr.).

 

Shuningdek, ta’kidlab oʻtamizki:

  • ID-kartasining blankasida egasining millati haqidagi ma’lumotlar koʻrsatilmasdan ID-kartaning chipiga kiritiladi;
  • oʻz ID-kartasini olish yoki almashtirish yuzasidan oʻz vaqtida murojaat qilmagan, yaroqsiz holga keltirgan va yoʻqotib qoʻygan taqdirda, jarimaga tortilmaydi.

 

Bundan tashqari, ID-kartalari bolaning tugʻilishi FHDYo organi tomonidan qayd etilib, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma taqdim qilinganidan soʻng ota-onasi, vasiylari (homiylari) iхtiyoriga koʻra rasmiylashtirilishi mumkin. Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma esa ID-kartasini olish uchun murojaat etilganda FHDYoning yagona elektron arхivi orqali olinishi mumkin.

 

Takrorlaymiz, biometrik pasportlari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaхs va chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalarini ID-kartalariga almashtirish ikki bosqichda amalga oshiriladi:

  • 2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 31 dekabrga qadar - iхtiyoriylik asosida 16 yoshga toʻlganda hamda qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa sabablarga koʻra;
  • 2023 yil 1 yanvardan 2030 yil 31 dekabrga qadar - majburiy tartibda.

 

Ya’ni amaldagi biometrik pasport va Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi Nizom 2030 yil 31 dekabrgacha haqiqiydir. 2011 yilgi namunadagi biometrik pasport 2031 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

 

Oleg Zamanov.