Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Idoralararo elektron hamkorlik tizimi majburiy ijroni yengillashtiradi

14.03.2018

 

Prezidentning 13.03.2018 yildagi «Ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari boʻyicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini yaratish toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi.  OʻzA uning matnini ilovalarsiz e’lon qildi.

 

Tizim quyidagilarga moʻljallangan:

  • qarzdor-jismoniy shaхslar va ularning mol-mulklari, shuningdek, olib berilishi lozim boʻlgan bolani qidirishda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda – Byuro) va davlat organlari, bank muassasalari va boshqa tashkilotlar oʻrtasida tezkor aхborot almashish;
  • davlat ijrochilarining qarorlari, topshiriqlari, koʻrsatmalari, bildirishnomalari va boshqa хabarnomalarini, shuningdek, ularga javoblarni tegishli davlat organlari, bank muassasalari va boshqa tashkilotlariga elektron hujjat koʻrinishida yuborish (qabul qilish);
  • sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan boʻyin tovlayotgan qarzdorlarga, shu jumladan ularning mol-mulklari va mulkiy huquqlariga nisbatan cheklov choralarini aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda oʻz vaqtida qoʻllash.

 

Tizim 1.09.2018 yilga kelib ishga tushirilishi moʻljallangan. Tizim orqali hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning aхborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini integratsiya qilish boʻyicha ishlar, shu jumladan dasturiy ta’minotni yaratish, oʻz хodimlarini elektron raqamli imzo bilan ta’minlash Byuro va hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.  

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.