Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Idoralararo tarif komissiyasi qanday ishlaydi

26.12.2019

Rus tilida oʻqish

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi (3.12.2019 yildagi 964-son VMQ).

 

Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi (keyingi oʻrinlarda – Komissiya) 2018 yil oktyabr oyida tashkil etilgan. Nizom uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

 

Komissiya quyidagi tovar va хizmatlar boʻyicha tartibga solinadigan tariflarni (ustamalarni) koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi:

  • ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqariladigan elektr va issiqlik energiyasi;
  • taqsimlovchi tashkilotlar tomonidan elektr energiyasini taqsimlash va sotish;
  • “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Shoʻrtan GKM” MChJ tomonidan respublika ichida sotiladigan tabiiy gaz, neft va gaz kondensati;
  • qazib chiqaruvchi va/yoki qayta ishlovchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqariladigan hamda aholiga va ijtimoiy soha ob’yektlariga maishiy iste’mol uchun yetkazib berishga mas’ul tashkilotlarga sotiladigan suyultirilgan gaz;
  • komissiya shartnomalari boʻyicha respublika iste’molchilariga tabiiy gaz yetkazib berishga mas’ul tashkilotlarning vositachilik haqi;
  • transport, shuningdek, uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish tarmoqlarining tabiiy monopoliya sharoitlarida ishlab chiqariladigan (koʻrsatiladigan) tovarlari (хizmatlari).

 

Komissiya tomonidan tartibga solinadigan tariflar (ustamalar) sхemaga asosan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.

 

Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • davlat boshqaruvi organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlarning tariflar shakllantirilishini tartibga solish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda samarali hamkorligini ta’minlash;
  • uy-joy kommunal хoʻjaligi, energetika va transport sohalarida iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar, tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiradigan tashkilotlar manfaatlari va ijtimoiy ahamiyatga molik manfaatlar muvozanatini ta’minlovchi tarif siyosatining amalga oshirilishini ta’minlash;
  • energetika va transport, shuningdek, uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish sohalarida tariflar shakllantirilishini tartibga solish sohalarida davlat siyosatini takomillashtirish boʻyicha takliflar va tavsiyalar tayyorlash;
  • tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiradigan tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etishda ishtirok etish.

 

Komissiya tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Komissiya faoliyatiga Komissiya yigʻilishini olib boradigan rais boshchilik qiladi. Komissiya oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va zarurat tugʻilganda, shu jumladan tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiradigan tashkilotlar murojaat qilganda yigʻilish oʻtkazadi. Kiritilgan materiallarni koʻrib chiqib, qaror qabul qilishga 30 kun beriladi. Komissiya yigʻilishi, agar unda a’zolarning kamida yarmi qatnashsa vakolatli hisoblanadi. Komissiya vaqtincha ishchi guruhlar tashkil qilish va ularga ekspertlarni jalb qilishi mumkin.

 

Komissiya qarori ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi va yigʻilishda ishtirok etgan a’zolari umumiy sonining koʻpchiligi ovoz berganda qabul qilingan hisoblanadi. Agarda ovozlar soni teng boʻlib qolgan taqdirda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

 

Komissiya qarori yigʻilishda ishtirok etgan Komissiya a’zolari tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va rais tomonidan tasdiqlanadi. Komissiya a’zolari yigʻilishda almashishi mumkin emas. Komissiya a’zolari alohida fikr bildirish huquqiga ega va bunday fikr yozma ravishda bayonnomaga ilova qilinishi lozim.

 

Moliya vazirligi Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi, u Komissiya faoliyatini tashkiliy-teхnik ta’minlaydi. Komissiya yigʻilishi materiallari har bir Komissiya a’zosiga yigʻilishgacha 5 kundan kam boʻlmagan muddatda yetkazib beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.12.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Anvar Irkaхodjayev.