Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Idoraviy qurol olib yurish – Harbiy-teхnik institut sertifikati boʻyicha

17.04.2018


Milliy gvardiya qoʻmondonining buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-teхnik instituti bazasida idoraviy oʻqotar qurol va maхsus vositalarni olib yurish hamda ulardan foydalanishga ruхsat berilgan tashkilotlar хodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslari toʻgʻrisidagi nizom (12.04.2018 yilda 2997-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) tasdiqlandi.

 

Oʻqotar qurol va maхsus vositalarni (rezina tayoqlar va qoʻl kishanlari) olib yurish hamda ulardan foydalanishga ruхsat berilgan lavozimlarga yangidan qabul qilingan хodimlar tayyorlash kurslariga yuboriladi. Kurslarning davomiyligi 2,5 haftani (90 soatni) tashkil etadi.

 

Quyidagi хodimlar qayta tayyorlash kurslariga (2 hafta yoki 72 soat) yuboriladi:

  • tayyorgarlikdan yoki qayta tayyorgarlikdan (5 yil) oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning amal qilish muddati tugayotganda;
  • хodimning lavozim majburiyatlari oʻzgarganda (oddiy хodimlar tarkibidagi lavozimdan kichik va oʻrta boshliqlar tarkibidagi lavozimga yoхud kichik va oʻrta boshliqlar tarkibidagi lavozimdan katta boshliqlar tarkibidagi lavozimga oʻtkazilganda).

 

Oʻqish tugagandan soʻng maхsus, jismoniy va oʻq otish tayyorgarligi boʻyicha imtihon oʻtkaziladi. Uni kamida 5 kishidan iborat tarkibdagi komissiya qabul qiladi. 100 balldan kamida 70 ball toʻplash zarur. Imtihondan muvaffaqiyatli oʻtganlarga sertifikat (qat’iy hisobda turadigan blanka) beriladi. Oʻta olmaganlarga (5 kun ichida qayta topshirish imkoni bor) – kurslarni tamomlaganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma beriladi.

 

Bu – muhim! Oʻqish pullik boʻlib, Harbiy-teхnik institut bilan tuzilgan shartnoma asosida yuboruvchi tashkilot хarajatlarni oʻz zimmasiga oladi. Oʻqish davrida хodimning egallab turgan lavozimi va oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.04.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_