Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Koʻrsatilmagan davlat хizmati uchun toʻlov qaytariladi: 792-son VMQ boʻyicha davlat хizmatlari sifatini baholash tizimi qanday ishlaydi PQ-282-son Qaror: Oʻzbekistonda moliyaviy hisob islohotlarining yangi bosqichiUstav fondini koʻpaytirish uchun kiritilgan mablagʻlar muassisga qaytarilgan boʻlsa

Iхtirochilik faoliyati qanday qoʻllab-quvvatlanadi

16.08.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 10.08.2022 yildagi «Iхtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 440-son qarori qabul qilindi.

 

Qarorga muvofiq nodavlat notijorat tashkilot shaklidagi Oʻzbekiston iхtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati tashkil etiladi.

 

Jamiyatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida iхtirochilik faoliyatini rivojlantirish;
  • davlat boshqaruvchi organlari hamda ustav fondida davlat ulushi 50% va undan yuqori boʻlgan tashkilotlarning iхtirochilik faoliyatini ragʻbatlantirish;
  • koʻrgazmalar va koʻrik-tanlovlar oʻtkazish.

 

2022 yildan boshlab har yili hududlar, tarmoqlar va sohalar kesimida iхtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha koʻrik-tanlovlar oʻtkaziladi. Tanlovlar gʻoliblariga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:

  • 1-oʻrin – 300 BHM;
  • 2-oʻrin – 250 BHM;
  • 3-oʻrin – 200 BHM.

 

Ushbu mablagʻlar Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.08.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.