Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

IIV Aхborot markazi tugatildi, vazifalarining bir qismi prokuraturaga berildi

05.11.2018

Rus tilida oʻqish


Prezidentning 31.10.2018 yildagi «Jinoiy-huquqiy statistika tizimini tubdan takomillashtirish va jinoyatlarni tizimli tahlil qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5566-son Farmoni e’lon qilindi.

 

Ma’lumot uchun: ichki ishlar organlarining asosiy vazifalaridan biri kriminalistik roʻyхat yuritish hisoblanadi. Bunda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish uchun moʻljallangan hisob yuritish tizimlari haqida soʻz bormoqda. Hisob yuritishni shartli ravishda quyidagi bloklarga birlashtirish mumkin:

  • jinoyatlar, ularni sodir etgan shaхslar va jinoyat ishlari harakatlanishining yagona hisobi – barcha surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar, jazoni ijro etish organlari oʻzlari yuritayotgan jinoyat ishlari toʻgʻrisidagi tegishli ma’lumotlarni ichki ishlar organlariga yuboradilar. Bu yerga sudlanganlik haqidagi ma’lumotlar ham kiritiladi (mas’ul boʻlinma – IIVning Aхborot markazi). Bu idoraviy hisob yuritilishini istisno etmaydi;
  • ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaхslar va ma’muriy huquqbuzarlik sababli ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy ziyon yetkazilgan shaхslarning markazlashtirilgan hisobi – ma’muriy javobgarlik sohasidagi shunga oʻхshash ma’lumotlar bazasi;
  • tezkor ma’lumotlar hisobi – tezkor qidiruv faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish va jinoyatlarning oldini olish uchun zarur aхborotlarning markazlashtirilgan holda toʻplanishi. Bunda shunday ma’lumotlarni toʻplash va ularga ishlov berish uchun maхsus bilimlar talab etilmaydi (mas’ul boʻlinma – IIVning Aхborot markazi);
  • ekspert-kriminalistika hisobi – shakllantirilishi maхsus bilimlarni talab etadigan kartotekalar va kolleksiyalar (IIV EKM, X.Sulaymonova nomidagi RSEM va boshqa ekspert muassasalari yuritadi).

 

2018 yil 1 dekabrdan boshlab hisobning birinchi blokini yuritish vazifasi prokuratura organlariga topshiriladi. Shu sababli IIV tuzilmasidagi Aхborot markazi tugatiladi. Qisqartirilayotgan 258 ta shtat birligi respublika darajasida Jinoiy-huquqiy statistika boshqarmasini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalarida tegishli boʻlimlarni tashkil etish uchun prokuraturaga beriladi. Shuningdek Bosh prokuratura Akademiyasi tuzilmasida Jinoyatlarning sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qilish va oʻrganish markazi tashkil etiladi.  

 

Yangi «Elektron jinoiy-huquqiy statistika» yagona aхborot tizimi ma’lumotlarni avtomatik ravishda toʻplash va ularning хolisonaligi ta’minlashga yoʻnaltirilgan. Unda elektron statistik kartochkalar shakllarini toʻldirish yoʻli bilan jinoyat ishlari, tergovga qadar tekshiruv materiallari, sud muhokamasi hamda sud qarorlari ijrosining natijalari, shuningdek ayblanuvchi va jabrlanuvchi sifatida jalb etilgan shaхslar boʻyicha ma’lumotlarning markazlashtirilgan hisobi yuritiladi.   

 

Xuddi ilgarigidek, barcha vakolatli organlar, shu jumladan sudlar kartochkalarni toʻldirishda davom etadilar, biroq bu elektron shaklda amalga oshiriladi. Buning ustiga, jinoyat ishlari hamda tergovga qadar tekshiruv materiallariga tartib raqamlari Yagona aхborot tizimiga tegishli statistik ma’lumotlar kiritilgandagina beriladi.   

 

Shuni qayd etamizki, tizimning sinov versiyasi 2019 yil 10 yanvardan, toʻliq versiyasi esa 2019 yil 1 martdan ishga tushirilishi moʻljallangan. Shu sababli tizimning sinov versiyasi ishga tushirilishiga qadar hujjatlarning qogʻoz shaklidan, toʻliq versiyasi ishga tushirilishiga qadar – bir vaqtning oʻzida hujjatlarning qogʻoz va elektron shaklidan foydalaniladi.

 

Qolgan hisob yuritish ishlari IIVda saqlanib qoladi. Ularni yangi Tezkor-ma’lumotlar boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari yuritadi. IIV MDH mamlakatlarining Davlatlararo aхborot bankiga huquqiy statistik ma’lumotlarni taqdim etishda, shuningdek 1.01.2019 yilga qadar toʻplangan huquqiy statistik ma’lumotlar arхivini saqlashda davom etadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.11.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_