Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Alkogol hamda pivo sotsangiz, yigʻimlarni qanday toʻlash kerak2026 yil oktyabr oyidan tadbirkorlarga nisbatan jarima qoʻllash tartibi qanday oʻzgaradi

IIV akademik litseyi abituriyentiga tibbiy ma’lumotnoma qayerda beriladi

07.05.2019

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi (VMning 6.05.2019 yildagi 374-son qarori). Bu haqda Adliya vazirligi oʻzining Telegram-kanalida хabar berdi.

 

Endi IIV litseylariga kirish istagida boʻlgan nomzodlar hududlardagi sogʻliqni saqlash boshqarmalari tomonidan tashkil etiladigan tibbiy komissiya koʻrigidan oʻtadi.

 

Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish yakunlari boʻyicha nomzodga tibbiy ma’lumotnoma beriladi.

 

Eslatib oʻtamiz, ilgari nomzodlar viloyatlar IIB, Toshkent shahar IIBB va Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIVning tibbiyot boʻlimlarida harbiy-tibbiy komissiya koʻrigidan oʻtgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.05.2019 yildan kuchga kirdi.