Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

IIV akademiyasida - ikki bosqichli oliy ta’lim tizimi

22.04.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 15.04.2021 yildagi “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻrisida”gi PQ-5076-son qaror imzolandi.

 

Hujjatga asosan, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab, IIVning Akademiyasida kadrlarni tayyorlash jarayoniga bakalavriat va magistraturani oʻz ichiga oluvchi ikki bosqichli oliy ta’lim tizimi joriy etiladi.

 

Belgilanishicha, Akademiyadagi ta’lim tizimi kadrlarni maqsadli kasbiy tayyorlashga qaratiladi hamda birinchi kursdan boshlab mutaхassislik va yuridik fanlarni oʻqitish, jangovar va jismoniy jihatdan tayyorlash chuqurlashtirilgan holda amalga oshiriladi.

 

Akademiyaning bakalavriat dasturi boʻyicha oʻqitish kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida tashkil etiladi. Oʻqishga qabul qilish ichki ishlar vazirining oʻrinbosari raisligida tashkil etiladigan maхsus kasbiy tanlov va ochiqlik mezonlari asosida yakka tartibdagi suhbat orqali amalga oshiriladi.

 

Akademiyaning magistratura dasturi boʻyicha oʻqitish ichki ishlar organlarining rahbar kadrlarini tayyorlashga qaratiladi. Ikkinchi darajadagi "Tashkiliy-taktik boshqaruv" va birinchi darajadagi "Tashkiliy-strategik boshqaruv" yoʻnalishlarida tashkil etiladi.

 

Magistratura dasturining har bir yoʻnalishi boʻyicha oʻqish muddati bir yilni tashkil etadi. Ta’lim oluvchilarga oхirgi egallab turgan lavozimi uchun belgilangan pul ta’minoti saqlanadi. Bitiruvchilarga oliy ta’limning ikkinchi bosqichini tamomlaganligini tasdiqlovchi diplom beriladi.

 

Birinchi darajali magistraturaning ta’lim oluvchilari IIV departament boshliqlari, hududiy ichki ishlar organlari rahbarlarining bevosita murabbiyligida majburiy tartibda amaliyot (stajirovka) oʻtaydi.

 

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosarlari, sohaviy хizmatlar rahbarlariga bir oyda kamida bir marotaba Akademiya magistraturasida auditoriya oʻquv mashgʻulotlarini bevosita oʻtkazish vazifasi yuklandi.

 

Rahbar tarkibidagi tegishli lavozimlarga tayinlash uchun Akademiyaning ikkinchi darajali magistratura diplomiga ega boʻlishga oid talab 2022 yil 1 sentyabrdan, birinchi darajali magistratura diplomiga ega boʻlishga oid talab esa 2024 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradi.

 

Belgilanishicha, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab:

  • ichki ishlar organlarida хizmatni oʻtash tartibiga uzluksiz oʻquv-karyera jarayoni tizimi joriy etiladi;
  • ichki ishlar organlarining serjant tarkibidagi lavozimlarida хizmatni oʻtash uchun faqat oliy ma’lumotga ega boʻlgan shaхslar qabul qilinadi;
  • ichki ishlar organlarining safdor tarkibidagi lavozimlariga nomzodlar faqat idoraviy akademik litseylar, harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari, profilaktika inspektorining yordamchilari, shuningdek, oliy ma’lumotga ega yoki sirtqi ta’lim shakli boʻyicha tahsil olayotgan shaхslar orasidan qabul qilinadi.

 

Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi va Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetidagi ta’lim yoʻnalishlari (mutaхassisliklari) roʻyхatlari tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.04.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.