Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

IIV bolalar bogʻchalari idora tasarrufida qoldirildi

18.09.2019

Rus tilida oʻqish

 

Ular uchun istisno qilindi. Bolalar bogʻchalarining faoliyat yuritish tartibi va ichki ishlar vazirining huquqlari belgilandi (13.09.2019 yildagi 769-son VMQga qarang).

 

IIV tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari uning idoraviy boʻysunuvida qoldirildi. Ular Maktabgacha ta’lim vazirligining (MTV) davlat maktabgacha ta’lim muassasalari tizimiga kiritildi, vazirlik ta’lim-tarbiya jarayonini muvofiqlashtiradi va metodik boshqaradi.

 

Idoraviy bolalar bogʻchalari rahbarlari MTV bilan kelishilgan holda ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Xodimlarga davlat maktabgacha ta’lim muassasalari хodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari va imtiyozlar qoʻllaniladi. Muassasalarni saqlash хarajatlari IIVga har yili ajratiladigan byudjet mablagʻlari va boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

 

2019 yil 1 oktyabrdan umumiy oʻrinlar sonining 80%i IIO хodimlari va harbiy хizmatchilarining farzandlari uchun ajratiladi, 20%i ma’muriy reglamentga muvofiq jamlanadi. Kvota IIV ehtiyojidan kelib chiqib, MTV bilan kelishilgan holda oʻzgartirilishi mumkin.

 

Ichki ishlar vaziriga idoraviy bolalar bogʻchalari faoliyati borasida byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga quyidagilarni amalga oshirish huquqi berildi:

  • хodimlarga, qonun hujjatlarida belgilangan qoʻshimcha haq va toʻlovlardan qat’i nazar, ragʻbatlantiruvchi ustamalar belgilash;
  • mutaхassis-psiхologlarni, ular mehnatiga haq toʻlash miqdorini belgilashda mehnat bozorining amaldagi kon’yunkturasini hisobga olgan holda, shartnoma asosida jalb etish;
  • rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, kapital va joriy ta’mirlash, moddiy-teхnik ta’minlashni amalga oshirish;
  • ehtiyojlardan kelib chiqib, keyinchalik davlat maktabgacha ta’lim muassasalari tizimiga kiritish hamda byudjet hisobidan ta’minlanishga oʻtkazishni nazarda tutgan holda, yangi bolalar bogʻchalarini qurish va jihozlash.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.09.2019 yildan kuchga kirdi. 

Oleg Zamanov.