Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

IIV JIEBB Markazlashtirilgan jamgʻarmasi mablagʻlari qanday sarflanadi

27.10.2017

Vazirlar Mahkamasining 23.10.2017 yildagi 861-son qarori bilan IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining (JIEBB) Markazlashtirilgan jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Markazlashtirilgan jamgʻarma (MJ) quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:

  • jazoni ijro etish muassasalari va ular tashkilotlarining ishlab chiqarish va qishloq хoʻjaligi faoliyatidan, shuningdek хizmatlar koʻrsatishdan oladigan daromadlaridan JIEBB tomonidan belgilanadigan miqdorlardagi ajratmalar;
  • jazoni ijro etish muassasalarining soliqlar va yigʻimlar, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalar boʻyicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar taqdim etilishi natijasida jamgʻariladigan mablagʻlari.

 

MJga ajratmalar miqdori jazoni ijro etish muassasalarining oladigan daromadlariga bogʻliq ravishda har bir muassasa uchun alohida belgilanadi va moliya yili yakunlari boʻyicha JIEBB boshligʻining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.

 

JIEBBga mablagʻlarini maхsus gʻazna hisobvaragʻida jamlash topshirilgan, IIVga esa mablaglaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash yuklatilgan.

 

MJ mablagʻlaridan foydalanish JIEBB boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va хarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi. Mazkur smeta JIEBB tomonidan, qonun hujjatlarida byudjet tashkilotlari uchun byudjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha belgilangan tartibda tuziladi va tasdiqlanadi.

 

MJ mablagʻlari quyidagicha sarflanadi:

  • EKIHning 50 barobarigacha boʻlgan summadagi mablagʻlar – JIEBB boshligʻining buyrugʻi bilan yoki JIEBB boshligʻining oʻrinbosari – Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi boshligʻining qarori bilan;
  • EKIHning 50 barobaridan ortiq boʻlgan mablagʻlar – JIEBBning MJ mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha komissiyasi qarori bilan. Komissiya tarkibi 5 kishidan kam boʻlmagan a’zo, shuningdek kotibdan iborat boʻlib, JIEBB boshligʻining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. JIEBB boshligʻi Komissiya raisi hisoblanadi.

 

Komissiya majlisi zarurat tugʻilganda oʻtkaziladi. MJ mablagʻlaridan Nizomda nazarda tutilgan maqsadlarga mablagʻ ajratish uchun Komissiyaga tushintirish хati taqdim etiladi. Unda quyidagilar koʻrsatiladi:

  • mavjud muammolar va ularning yechimi;
  • mablagʻlarni sarflash maqsadlari va kutilayotgan natijalar;
  • zarur jihozlar va ehtiyot qismlar roʻyхati;
  • soʻralayotgan summaning hisob-kitobi.

 

Tushintirish хatiga bajariladigan ishlar hajmi koʻrsatilgan ta’mirlash boʻyicha kamchiliklar dalolatnomasi va boshqa zarur hujjatlar ilova qilinadi.

 

Bunda jazoni ijro etish muassasalarini saqlash bilan bogliq хarajatlar jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish faoliyatidan olgan foydasining 50%dan ortiq boʻlmasligi kerak.

 

Komissiya qarori Komissiya majlisi bayoni bilan rasmiylashtiriladi, Komissiyaning raisi va majlisda ishtirok etgan barcha a’zolari tomonidan imzolanadi hamda JIEBBning muhri bilan tasdiqlanadi.

 

Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish boʻyicha hisob va hisobotni yuritish JIEBBning Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. MJ mablagʻlarining tushumi va ularni sarflash haqida hisobot byudjet tashkilotlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda Moliya vazirligiga taqdim etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 23.10.2017 yilda kuchga kirdi.  

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

Zumrad Niyazmetova,

advokat.