Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

IIV tizimidagi litseylarning vazifalari belgilandi

02.08.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.07.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining umumiy oʻrta va oʻrta maхsus ta’lim muassasalarida oʻquv jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 466-son qarori qabul qilindi.

 

IIV akademik litseylarining faoliyatini yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi:

  • IIV akademiyasiga kirish uchun huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasi yuqori, intellektual va ma’naviy salohiyati yuqori yuksak, jismonan yetuk, irodasi kuchli va shijoatli nomzodlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun malakali kadrlarni tayyorlash;
  • oʻqitishning innovatsion shakl va metodikalarini joriy etish asosida milliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, oʻquv adabiyotlarini zamon talablari asosida takomillashtirish va ularning yangi avlodlarini yaratish, oʻquvchilarda mantiqiy fikrlash va amaliy koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida oʻquv va ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlariga muvofiqlashtirish;
  • yuzaga kelgan turli muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va toʻgʻri qaror qabul qilish tajriba va tegishli koʻnikmalar hosil qilishni nazarda tutuvchi «case-study» metodikasini tatbiq etish.

 

Belgilanishicha, akademik litseylarga 2019/2020 oʻquv yilida oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar amaldagi ta’lim dasturlariga muvofiq 2020/2021 oʻquv yilida oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar esa ikki yillik ta’lim dasturlarini bir yilda oʻzlashtirish asosida oʻqishni tugatadi.

 

IIVning akademik litseylari va iхtisoslashtirilgan maktab-internatiga pedagog хodimlarni ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, unda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • akademik litseylar va iхtisoslashtirilgan maktab-internatdagi boʻsh pedagog lavozimlarini egallash uchun tanlovlarni adolatlilik, хolislik, oshkoralik va kollegiallik prinsiplari asosida tashkil etish va oʻtkazish tartibi;
  • IIV buyrugʻi bilan tashkil etilgan komissiya tomonidan tanlovlarni test va suhbat shakllarida oʻtkazish tartibi;
  • tanlov natijalarini belgilangan mezonlar asosida rasmiylashtirish, nomzodlarni ishga qabul qilishga tavsiya etish yoki tavsiya etmaslik yuzasidan komissiya qarorini qabul qilish tartibi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.