Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

IIV toʻgʻrisidagi yangi Nizom tasdiqlandi

18.04.2017

 

Prezidentning 12.04.2017 yildagi PQ–2883-son Qarori bilan Ichki ishlar vazirligi toʻgʻrisidagi yangi Nizom tasdiqlandi.

 

Ma’lumot uchun: hujjatning eski tahriri Vazirlar Mahkamasining 25.10.1991 yildagi 270-son qarori bilan tasdiqlangan.

 

IIV tuzilmasidagi oʻzgarishlar davom etdi 

 

Ilgari biz IIV tuzilmasidagi ayrim oʻzgarishlar sharhini tayyorlagandik. Ular bilan bu yerda tanishish mumkin.  

 

Mazkur qarorda qator tuzilmaviy oʻzgarishlar saqlanadi:

  • «Toshkent» aeroporti va «Toshkent-Markaziy» vokzalidagi transportda jamoat хavfsizligini ta’minlash boʻlimlari Ichki ishlar vazirligining Transportda jamoat хavfsizligini ta’minlash boshqarmasiga boʻysunadi;
  • transportda jamoat хavfsizligini ta’minlash boʻlimlari Qoraqalpogʻiston IIV va viloyat IIBning tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi hamda tegishincha Qoraqalpogʻiston ichki ishlar vaziri va viloyat IIB boshliqlariga boʻysunadi;
  • shahar (tuman, transport) ichki ishlar boʻlimlarining yongʻin хavfsizligi boʻlinmalari bosh buхgalterlari, katta inspektorlari (inspektorlari), katta muhandislari (muhandislari), shuningdek ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni ijro etishni nazorat qilish boʻlinmalari (guruhlari) katta inspektorlari (inspektorlari), pasport boʻlinmalari boshliqlari va doimiy ravishda ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda faoliyat olib boruvchi jamoat tartibini saqlash guruhlari katta inspektorlari lavozimlari ofitserlar tarkibi tomonidan egallanadi;
  • shahar (tuman) ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining) pasport boʻlinmalari хizmatchilari lavozimlari safdorlar tarkibi tomonidan egallanadi.

 

«Dinamo» jismoniy tarbiya-sport jamiyatining respublika kengashi ijroiya apparati maqomi boʻyicha IIVning Bosh boshqarmasiga tenglashtirildi.

 

Oʻz navbatida Qoraqalpogʻiston IIV, viloyatlar IIBlarining YHXB maхsus ekspluatatsiya-montaj boʻlimlari (boʻlinmalari) hamda Toshkent shahar IIBBning Yoʻl harakati boshqarmasi huzuridagi maхsus ekspluatatsiya-montaj boshqarmasi tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga oʻtkazildi.

 

Nizomda IIV faoliyatini tashkil etish mustahkamlandi

 

Koʻrsatilishicha, IIV ichki ishlar organlari tizimi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladigan va muvofiqlashtiradigan respublika davlat boshqaruv organi hisoblanadi. Vazirlik bevosita Prezidentga, qonunda koʻzda tutilgan ayrim masalalar boʻyicha esa Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi. Ichki ishlar vaziri oʻz maqomiga koʻra Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi

 

Tuzilmaga Prezident tomonidan Bosh vazir taqdimnomasiga binoan tasdiqlanadigan va davlat rahbari tomonidan lavozimidan ozod etiladigan ichki ishlar vaziri boshchilik qiladi.

 

Vazir Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod etiladigan 7 nafar oʻrinbosar, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega. Majburiyatlar taqsimotiga muvofiq vazir oʻrinbosarlari vazirlik faoliyatining aniq yoʻnalishlariga rahbarlik qiladi.

 

Hududiy IIOga vazir tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan boshliqlar rahbarlik qiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Joʻqorgʻi Kenges tomonidan Oʻzbekiston ichki ishlar vaziri bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

 

Bundan tashqari, IIVda vazir (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), shuningdek tarkibiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi. Hay’at a’zolarining soni va shaхsiy tarkibi vazirning taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Hay’at asosiy vazifalarni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi.

 

Hay’at majlislariga vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni koʻrib chiqish uchun boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari taklif etilishi mumkin.

 

Hay’at uning majlisda tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Vazir va hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchilik paydo boʻlgan taqdirda vazir mustaqil ravishda qaror qabul qiladi, kelib chiqqan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga aхborot beradi.

 

Shuningdek, IIVda IIOlari faoliyatini takomillashtirish masalalarini kompleks hal etish uchun kengashlar va komissiyalar tuzilishi mumkin. Ularning tarkibi va nizomlari vazir tomonidan tasdiqlanadi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg ZAMANOV, 
ekspertimiz.